So’nggi yangiliklar

22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  2 22:04Конференциялар лигаси. "Копенгаген" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 21:51Европа лигаси. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед"нинг таркиби маълум!  1 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  20 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  9 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  4 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  2 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8 19:04Деку Неймарнинг "Барса"га қайтиши ҳақида: "Жамоани қуришда балансни унутмаган ҳолда, ақл билан иш кўриш зарур"  4 18:43"Ўзи у бизга керакми?"  1 18:22Футзал. Ўзбекистон кубоги баҳслари "Футбол" ТВда жонли эфирда намойиш этилади  1 17:55"Рома"га Анчелотти келишини истардим, лекин..."   7 17:21Алиссон: "ПСЖга қарши ўйин, балки фаолиятимдаги энг яхшисидир"  7

Elit OCHL. "Al Hilol" turnirdagi ilk mag'lubiyatini "Paxtakor" maydonida qabul qilib oldi Yangiliklar

Elit OCHL. "Al Hilol" turnirdagi ilk mag'lubiyatini "Paxtakor" maydonida qabul qilib oldi

Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvi yakunlandi.

Elit OCHL
1/8 final
"Paxtakor" — "Al Hilol"  1:0

Gol: 1:0 — 29, Flamarion (Brayan Riaskos).

"Paxtakor": 19.Jonatan Luiz, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (45.Rezan Bashar, 80), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 80), 22.Umar Adhamzoda (44.Mahmudjon Mahamadjonov, 90), 23.Abdurauf Bo'riev, 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion Filo (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90), 94.Brayan Riaskos (37.Igor Sergeev, 56). 
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 12.Vladimir Nazarov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug'bek Hoshimov.  

"Al Hilol": 37.Yassin Bunu, 3.Kalidu Kulibali, 4.Xalfan al Davsari, 5.Ali al Bulayhi (28.Muhammad Kanno, 39), 8.Ruben Nevesh, 11.Markos Almeyda, 16.Nosir al Davsari, 22.Sergey Milinkovich-Savich (99.Abdulloh al Hamiddan, 76), 27.Kayo (24.Moteb al Xarbi, 61), 29.Salim al Davsari, 77.Malkom.
Zaxira: 17.Muhammad al G'ami, 21.Muhammad al Ovays, 7.Xolid al G'annam, 15.Muhammad al Qaxtoni, 33.Muhammad bin Muxaysh, 38.Turki al Jumayl, 39.Abdulaziz Majid.

Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (34), Abdulla Abdullaev (78), Kalidu Kulibali (83), Mahmudjon Mahamadjonov (90+7), Muhammad Kanno (o'yin yakunlangach)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Mahamadjonov Malkmoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

90+5. Xavfli vaziyat! Malkom o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, uning uzatmasini "Paxtakor" himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi.

90+3. Jo'raqo'ziev to'p uchun kurashda Nosir Al Davsari bilan to'qnashib ketdi. 

90+1. Mehmonlarning xavfli hujumini Abdullaev qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Paxtakor"da yana ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

87. Adhamzoda zambilda maydon tashqarisiga olib chiqildi, unga tibbiy yordkm ko'rsatilmoqda.

86. Zarba! "Paxtakor" jarima maydonida Al Hamiddan zarba berish imkoniyatiga ega bo'ldi, ammo Jonatan Luiz to'pni egallab oldi.

85. Adhamzoda markazda qo'pol o'yin namoiysh etdi.

83. Kulibali maydon markazida Flamarionga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

80. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

79. Muhammad Kannoning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

78. Raqib hujumini to'xtatib qolgan Abdullaev hakam tomonidan ogohlantirildi.

76. "Al Hilol" tarkibida o'zgarish: Savich o'rniga Al Hamiddan maydonga tushdi.

74. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" himoyachilarining xatosi sababli Markos Almeyda deyarli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, ammo uning tepgan to'pi ancha yuqorilab ketdi.

70. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" o'ta qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo "Al Hilol" himoyachisi chiziq ustidan to'pni tepib yubordi. 

69. Maydon markazida Nevesh Adhamzodani yiqitdi.

65. "Paxtakor" shifokori Flamarionni maydon tashqarisiga chiqarishda sekin harakat qilib, hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

64. Flamarion raqib jarima maydonida to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi va kichik jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. Zarba! Chap qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydonidagi Sergey Milinkovich-Savich bosh bilan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi noaniq ko'rinish oldi.

62. Xavfli vaziyat! "Al Hilol" futbolchisining o'ng qanotdan uzatgan xavfli pasini Jonatan Luiz qiyinchilik bilan qaytardi.

61. "Al Hilol" tarkibida o'zgarish: Kayo o'rniga Moteb al Xarbi o'yinni davom ettiradi.

60. Zarba! Kayoning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

57. Abdullaevning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Bunu biroz hushyor tortdi.

56. "Paxtakor"da o'zagrish: Riaskos o'rniga Igor Sergeev maydonga tushirildi.

55. Riaskos jarohat olgan ko'rinadi. "Paxtakor" hujumchisi almashtirilsa kerak.

51. Xavfli vaziyat! "Al Hilol" osonlik bilan raqib jarima maydoniga kirib bordi. Nosir al Davsarining chap qanotdan markazga uzatgan to'pini "Paxtakor" darvozaboni egallab oldi.

51. Mehmonlarning o'ng qanotdan uzatmasiga hech kim etib kelmadi.

50. Zarba! Burchak uzatmasi Adhamzodaning kuchli bo'lmagan zarbasi bilan yakunlandi. Bunu o'z o'rnida.

49. Alijonov o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga pas berishga urindi, to'p o'tmadi. Burchak zarbasi.

48. Flamarionning uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi, keyinchalik Xolmatovning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

47. "Paxtakor" jarima zarbasi ishlab oldi. Kulibali o'z jarima maydoni yaqinida Xolmatovga nisbatan fol ishlatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi

To'p nazorati (%): 40-60

To'p uchun kurashda ustunlik: 50-50

Havodagi kurashda g'alaba (%): 50-54 

Raqib hujumiga to'sqinlik qilish: 1-3

Ofsayd: 1-1

Burchak uzatmalari: 2-1

Uzatmalar: 131-202

Qisqa uzatmalar: 34-28

Uzatmalar aniqligi (%): 70-82

Raqib yarim maydonida uzatmalar aniqligi (%): 48-67

Krosslar: 10-11

Krosslar aniqligi (%): 20-9

Zarbalar: 5-2

Aniq zarbalar: 2-0

To'pni raqibdan olib qo'yish: 10-11

Xavfni bartaraf etish: 10-14

Taym yakunlandi.

45+2. "Al Hilol" yana standart vaziyatga ega bo'ldi. Raqib jarima maydoni ichida ular bir-birlariga pas bera olishdi, ammo yakuniy uzatma noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Al Hilol" jarima zarbasi ishlab oldi. Adhamzoda fol ishlatdi. Uzatmaga esa "Al Hilol" futbolchilaridan hech kim etib kela olmadi.

43. Zarba! Malkomning raqib jarima maydoni ichidan tepgan to'pni ancha yuqorilab ketdi.

39. "Al Hilol" tarkibida o'zgarish: Bulayhi o'rniga Muhammad Kanno maydonga tushirildi.

38. "Al Hilol" biroz jonlandi. Arablar, asosan, o'ng qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilmoqda. 

34. Bosh hakam raqib darvozabonining qarshi hujum boshlashiga to'sqinlik qilgan Azmiddinovni ogohlantirdi.

34. "Paxtakor" burchak zarbasi ishlab oldi. Hamdamovning uzatgan to'pini Bunu egallab oldi.

33. Riaskos to'p uchun kurashda elka bilan ketma-ket ikki raqibini qoida buzmasdan uchirib yubordi.

31. Zarba! Alijonov raqib jarima maydoniga kirish qismida raqib himoyachisini chalg'itib chap oyoqda darvozaning uzoq burchagi tomon zarba yo'lladi, ammo Bunu o'z mahoratini namoyish etdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Riaskosning o'ng qanotdan yo'llagan ajoyib uzatmasidan so'ng raqib jarima maydoniga katta tezlikda yorib kirgan Flamarion to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasining pastki burchagiga joylab qo'ydi!


28. Zarba! Alijonovning uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi, qaytgan to'pga Hamdamov chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

26. Xavfli vaziyat! Abdullaevning to'p uzatishdagi xatoasidan so'ng Nosir al Davsari raqib jarima maydoniga kirib borib, yanada qulayroq nuqtada turgan Markos Almeydaga pas berdi, ammo sherigi to'pga etib kela olmadi.

25. "Paxtakor" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Hamdamovning uzatmasini raqib futbolchisi qaytarib yubordi.

19. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga "Paxtakor" jarima maydonida Markos Almeyda bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, ammo uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi. 

17. Riaskos raqib himoyachisi bilan to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi.

16. Maydon markazilagi to'p uchun kurash Alijonovga qo'pollik ishlatish bilan yakunlandi.

13. Xavfli vaziyat! Hamdamov bir raqibni aldab o'tib, raqib jarima maydoniga pas berdi, ammo "Al Hilol" himoyachilari hushyorlikni yo'qotmadi.

11. "Al Hilol" burchak zarbasi ishlab oldi. Malkomning uzatmasidan so'ng to'p dastlab himoyachilarga, so'ngra "Paxtakor" darvozaboniga kelib tushdi.

8. Zarba! Flamarionning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'pini Riaskos bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, ammo birozgina aniqlik etishmadi.

5. Adhamzoda chap qanotdan zarba yo'llashga urinib ko'rdi, ammo vaziyat bartaraf etildi.

4. Xavfli vaziyat! Hojiakbar Alijonov o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, ikki raqibini ortda qoldirdi, ammo yakunda uning pas berishiga Bunu yo'l qo'ymadi.  

3. "Paxtakor"ning hujumini hakam to'xtatib qo'ydi. Sababi markazga yaqin nuqtada fol qayd etilgani malum qilindi.

1. Ilk hujum mehmonlar tomonidan amalga oshirildi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga "Al Hilol" futbolchilaridan hech kim etib kela olmadi.

1. O'yin boshlandi. Mehmonlar to'pni o'yinga kiritdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" sariq-oq, "Al Hilol" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +56   

Fikrlar

+31   
04 mar 21:39:48
Java.FCB
Bulayxini "minus" qildi Riaskos))
+29   
04 mar 21:47:23
Кобилжон Маьмуров
Тугриси уйинни куриб мазза килябман хакикий Европача уйин МУРАББИЙ имзоси билинябди Пахтакор кайтди хали Реаскос деганлари Суперлигани хам ендиради хакикий топилма агар иложи булса Риаскосни махаллийлаштириш керак зур уйинчи экан Пахтакор га омад тилаймиз Куконлик мухлислар
+28   
04 mar 21:37:24
barselona7
Гап йўқ Пахтакор. Якуний натижа қанақа бўлишидан қатъий назар Пахтакор муносиб ўйнаяпти. Омад. Муносиб ғалабани нишонлаш насиб қилсин.
+24   
04 mar 21:42:19
Сардор Саданов
Риаскос бу хакикий Лукаку экан нима дейсизлар корпус билан зур уйнар экан
+22   
04 mar 22:52:31
CA BOSS
Бутун Ўзбекистон халқи ПАХТАКОР га мухлислик қилаётганидан жуда хурсандман ва шунга яраша ўйин хам қилишиъ беришяпди.
Янгилаган Пахтакор, янги легионерлар жуда зўр ўйнашиб берди.
Дарбозабонга РЕСПЕКТ!!
Олға Халқ жамоаси..
PS: ~Антипахтакорчилар сизлардан узр сўремиз..

+21   
04 mar 21:36:00
Azamat Turgunov
Riaskos prosta mashina!!! Bulayhi isqirtti itte yugirtirvotti
+19   
04 mar 21:31:26
Мирик с Бухары
Ман Бухоро клуби мухлисиман. Шуни айта оламанки гол урилгунига қадар бўлган "Пахтакор" ни шахсан ман Арвеладзе давридан буён кўрмагандим. "Пахтакор" га мана шундай ўйинлар ярашади. "Пахтакор" га омад.
+17   
04 mar 21:31:07
Бектошев
Риаскос кўт булайхийни еб қўйди
+16   
04 mar 23:05:36
Futbol Uchun
Жавоб ўйини қандай бўлишидан қатъий назар бугунги Пахтакор хурматга лойиқ.Улар Осиё гегемон клубини қандай қилиб мағлуб этишни бутун дунёга кўрсатиб қўйди.Мураббий имзоси шундоқ кўриниб турибди дарвозабонга алохида респект.Мен ҳақиқий Пахтакорни кўрмоқдаман.
+16   
04 mar 23:04:29
Pakhtakor_LIONS
Хамма серия бир кун тугайди, бугун 2та серия тугади. 1-Пахтакор Ал Хилолни 1-марта мағлуб килди, 2-Ал хилол бу мавсум 1-марта ОЧЛда мағлуб булди. Пахтакорим ифтихорим.
+15   
04 mar 21:52:07
Shavkat Tojiaxmatov
Sifatli transfer, sifatli legoner qanday bo‘ladi deyishsa Paxtakor tarkibida gol va assistent qayd etgan futbolchilarni aytgan bo‘lardim. Ichki chempionatdagi raqiblik o‘z yo‘liga, lekin hozir birlashish vaqti keldi. Olg‘a Paxtakor.
+15   
04 mar 21:32:46
Бектошев
Бугун Пахтакор ютақазадими фарқи йўқ шу гол кимларнидур кўтини ёндириш учун етарли
+14   
04 mar 22:59:29
ОЙБОТ
Ғалаба муборак!! Антипахтакорчилар инига кириб кетишди.. Аниқроғи ичига тиқворди Пахтакор..
ЎЙИНГА ГАП ЙЎҚ!! Мазза қилдик! Давомли бўлсин!!
+13   
04 mar 23:10:23
JOKER 10
Яна қайтараман жавоб учрашувида қандай хисоб бўлишидан қатъий назар Пахтакор ЭЛИТ лигада яъни Осиё гегемонлари орасида ўзини кўрсатиб негативларни тинчлантира олди.
+13   
04 mar 23:04:44
Soccerland777
Пахтакор ўз тарихида ал Саддниям Ал Ҳилолниям биринчи марта ютди. кетма кет ўйинда. Мураббий зўр!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика