So’nggi yangiliklar

13:27"Арсенал" аввал амалга ошириб бўлмаган трансфер мақсади учун катта пул тўлашга тайёр  0 12:59"Сиёсий вазият турнирни бутунлай сояда қолдирмоқда": Лёв Америкадаги ЖЧ бўйича хавотир билдирди  1 12:30"Реал"нинг 18 ёшли футболчиси ЕЧЛда рекорд ўрнатди  13 12:03Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бири фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 11:35"Челси" юлдуз ҳужумчини сотиб олмоқчи. Трансфер учун эҳтимолий сумма маълум қилинди  2 10:25Аёллар Осиё кубоги. Филипинга мағлуб бўлдик, бироқ ЖЧга чиқиш йўлланмасини сақлаб қолдик  20 09:40Суперлига. Бугун Андижон ва Бухорода учрашувлар бор  7 09:14Sofascore. Шомуродов кечаги баҳс учун неча баҳога лойиқ кўрилди?   4 08:46Чемпионлар лигаси. Ҳафта футболчисига номзодлар эълон қилинди  24 08:30Суперлига. "Хоразм" – "Бунёдкор" 1:2   0 08:18Ироқ чемпионати. "Арбил"дан навбатдаги ғалаба, Темировдан навбатдаги гол  3 07:50КОНКАКАФ Чемпионлар лигаси. Месси ва "Интер Майами" мусобақадан чиқиб кетди  12 07:21Аёллар футболи. Бугун терма жамоамиз тарих яратиши мумкин   3 03:10Чемпионлар лигаси. "Ливерпуль"дан супер камбек, "Бавария"да яна йирик ҳисоб, "Атлетико" ютқазди, бироқ...  36 03:02Чемпионлар Лигасининг 1/4 финал жуфтликлари маълум бўлди  57

"El-Klassiko"gacha: Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

"El-Klassiko"gacha: Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot-anjumani

Teglar :  Zinedin Zidan
"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi birinchi uchrashuvidan oldin "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Superkubokning bahosi o'zgacha, chunki bu muzey uchun yana bir sovrin. Bundan tashqari, "Barselona"ga qarshi o'yin - o'zgacha bir narsa ekanligini bilamiz. Biz ko'pchilik uchun eng kuchli bo'lgan raqib bilan o'ynaymiz, ammo men uchun hech narsa o'zgarmaydi. Jismoniy va ruhiy tayyorgarligimiz ideal holatda, hamma maydonga tushishni istamoqda.

"Barselona"da o'zgarishlar bo'ldi, ammo "Barsa" - bu "Barsa". Kimlardir bu jamoani menga qarshi o'ynagan eng kuchsiz "Barselona" deb atashmoqda. Biz ularning o'yin uslubini bilamiz. Oldinda ikkita uchrashuv turibdi, birinchisi Barselonada, ikkinchisi Madirdda. Boriga chidaymiz, ammo final bitta o'yin bo'lishini istardim.


Krishtianu Ronaldu o'yinga tayyor, u tatildan so'ng yaxshi holatda, bir haftadan beri jamoa bilan ter to'kib ishlamoqda. Ronaldu tatilda ham mashq qilgan, shu sababli u mavsumni boshlashga tayyor.

Klubdagi har bir kunimdan rohat olyapman. Bu bir kun yakunlanadi, ammo klub bilan munosabatimiz shartnomaga bog'liq emas. 20 yillik shartnoma imzolashim mumkin, ammo bir yildan keyin boshqa joyda bo'lishim ehtimoldan holi emas. Bu "Real" va hech qachon bu klub bilan urishmayman.

Yaxshi va yomon kunlar bo'ladi, ammo hozir ajoyib davrdan maksimum rohat olyapmiz. Muvaffaqiyat bir jamoa bo'lish va tinimsiz mehnat tufayli amalga oshadi. Maqsadimiz - qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutish. Jamoaga foydam tegishini istayman va hozircha buni uddalayapman deya olaman, ammo bu erda kechagi kun bilan yashab bo'lmaydi. Oldimizda yana bir kubok bor va istagimiz - bor kuchimizni ishga solib, birinchi bahsda g'alaba qozonish va ikkinchisi haqida bosh qotirish.

Isko BBC bilan bog'liq, ammo buni o'ylab chiqish kerak. Ko'p ishlarni bajara olaman, menda cheklov yo'q, bu vaziyatni ham hal qilsa bo'ladi.


Kasemiro hamma bilan birgalikda darvozaga zarba berish bo'yicha ishlamoqda - buni hamma bajaryapti, unda alohida mashqlar yo'q. So'nggi ikki finallarda u gol urganidan xursandman, ammo bu uning asosiy vazifasi emas.

Teoning holati qolganlarniki kabi yaxshi. U yaqindagini bizga qo'shildi, mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng u mashg'ulotlarda boshqalar bilan birga o'sib bormoqda.

Neymar ketdi, ammo uning o'rnini egallaydigan futbolchi o'z vazifasini yaxshi uddalaydi. Bu albatta Neymar bo'lmaydi, biroq o'rnini egallaydigan yigit ham yomon o'yinchi bo'lmaydi. Ushbu masala bo'yicha havotir olayotganim yo'q. Neymarning o'rnini bosib bo'lmaydi - bunday futbolchilar ko'p emas.

31 avgustgacha hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozirgi jamoadan ko'nglim to'q, o'zgarishlar kerak emas".


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика