"El-Klassiko"da "Barselona" g'alaba qozondi (+video)
28 mar 2016 10:19
Yangiliklar
"El-Klassiko"da "Barselona" g'alaba qozondi (+video)
Ushbu musobaqa finalida Ispaniya grandlarining 12 yoshgacha bo'lgan jamoalari ("Barselona" va "Real") to'qnash kelishdi.
Uchrashuv murosasiz bahslarga boy bo'ldi. Bahsda hisob 2-bo'limning 10 daqiqasida ochildi. "Barselona" bolalari jarima zarbasi ishlab olishdi va "Real" darvozaboni maydonchasiga etkazib berilgan to'pni, Kataloniya klubining 2-raqamli futbolchisi darvozaga joylab qo'ydi. O'yindagi ikkinchi gol juda chiroyli urildi. Ko'k-anorranglilar ikkinchi bo'limning 20 daqiqasida jarima zarbasiga ega bo'lishadi va 10-raqamli bolakay taxminan 25-30 metr masofadan raqib darvozasini ishg'ol qiladi. Uchrashuv shu hisobda yakunlandi va "Barselona" bolalari MIC 2016 turniri g'olibiga aylanishdi.
TAS-IX emas
Videoni TAS-IX hududida ko'rishni istasangiz Mytube.uz saytiga o'ting. Gollarni "Telegram"dagi rasmiy kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin.
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar