So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Ekspert minbari: Andrey Fyodorov Yaponiyaga qarshi o'yindan nima kutayotganini aytdi Yangiliklar

Ekspert minbari: Andrey Fyodorov Yaponiyaga qarshi o'yindan nima kutayotganini aytdi

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaponiyaga qarshi uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasidan chiroyli o'yin va ijobiy natija kutamiz. Guruhda birinchi o'rinni beradigan natijaga erishish kerak. Ummon bilan bahsda musobaqa endi boshlangani sezilib qolgandi. Turkmaniston bilan uchrashuvda esa tezkor gollar urib oldik va yaxshi o'yin ko'rsatdik.

Yaponiya doim bizga principial raqib bo'lib kelgan. Ammo hozir ikkala jamoa ham keyingi bosqchiga chiqib bo'lgan. SHunday ekan bosim yo'q va murabbiylar ko'rsatmasiga ko'ra jamoamiz g'alaba qozonadi deb umid qilaman.

Yaponiya bilan bahsda O'zbekiston qanday taktikada o'ynashini aytish qiyin. Sababi buni bosh murabbiy hal qiladi. Raqibni o'rganib chiqilgach, taktika tanlanadi. CHiroyli o'yin ko'rishni istardim, ammo bunday qisqa musobaqalarda natija birinchi o'rinda turadi. Qanchalik uzoqqa borsak shunchalik yaxshi", - deydi Andrey Fyodorov.



"Lokomotiv" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика