So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Edgar Gess: "Durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Durang adolatli natija bo'ldi"

"Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Buxoro" bosh murabbiyi Edgar Gess qatnashdi.
- "Uchrashuv juda qiyin kechdi. "Paxtakor" futbolchilari mahorat bobida bizga nisbatdan ustunroq, bu tabiiy. CHunki ko'pchilik futbolchilari turli xil terma jamoalarda to'p surishadi, ko'pchiliklari Osiyo chempionlar ligasida qatnashishgan, jamoa chempionatimizda etakchilikni o'z qo'liga olgan. SHu sababli biz bugun ikkinchi raqam ostida harakat qildik.

Bizda kam sonli hujumlar bo'lgan bo'lsada, o'ta xavfli ko'rinish oldi. Masalan, futbolchilarimiz uchga bir vaziyatga chiqib, imkoniyatdan foydalana olishmadi va qanot hakami passiv o'yindan tashqari holatda turgan futbolchi uchun bayroqni ko'targan vaziyatlar o'ta xavfli ko'rinish olgandi.

Baland bo'yli toshkentlik futbolchilarga yakka kurashlarda boy berdik. Bugun "Paxtakor" bizga faqatgina standart vaziyatlardan gol urishi mumkin edi xolos, biz bu usulga qarshi alohida tayyorlandik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, taktik jihatdan barchasini to'g'ri bajarishdi. Xolisona baholaydigan bo'lsak, bugun "Paxtakor"da golga tortadigan vaziyat deyarli bo'lgani yo'q. Menimcha bugungi durang haqli va o'yinga mos bo'ldi".

- Samvel Babayan "Buxoro"dan umuman boshqacha futbol kutganini va "Bunyodkor"ga qarshi kechgan o'yinlarini namoish eta olishmadi deb takidladi.

- Har bir jamoa raqibi qancha darajada unga imkoniyat bersa, shu darajada o'ynaydi. "Bunyodkor"ga nisbatan "Paxtakor" ancha jipslashgan, futbolchilarning bir-birlari bilan o'yin amaliyotlari ham etarlicha. Lekin shunga qaramay biz o'yinchilarimizni shunday tarzda joylashtirdikki, raqiblar bunga qarshi hech nima qila olishmadi. Yana bir bor aytaman, hech kim ular ijrosida biron bir hujumni "Mana shu hujum golga tortadigan edi" deb ko'rsata olmaydi, chunki bunaqa hujumlarning o'zi bo'lmadi.

Bugun maydonda besh oydan beri birga o'ynayotgan jamoa, besh yil birga o'ynayotgan, xatto-ki, chempion bo'lishga ulgurgan jamoaga qarshi harakat qildi. Tabiiyki biz qiynaldik. Bizga ham besh yil beringlar, keyin ko'ramiz qaysi jamoa ikkinchi raqam ostida o'ynar ekan!"-deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Gess.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика