So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  22 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

Edgar Gess: "9 nafar futbolchi bilan 11 nafar futbolchiga qarshi o'ynash og'ir" Yangiliklar

Edgar Gess: "9 nafar futbolchi bilan 11 nafar futbolchiga qarshi o'ynash og'ir"

"Navbahor" - "Buxoro" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib Edgar Gess ishtirok etdi.
"Bugungi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim, ularning xarakteridan xursandman. Lekin biz uchrashuvda 11ga 11 o'ynashni istagandik. Bahs boshida qizil kartochka va penalti... Biz himoyalanishga majbur bo'lib qoldik. 9ta bo'lib qolish esa juda qiyin. Natijadan qoniqmadim.

Hakamlar qizil kartochka ko'rsatishadi, penalti belgilashadi. Bu ularning ishi. Biz esa o'z ishimizni qilishimiz kerak.

Agar himoyachilar xato qilishmasa barcha o'yin 0:0 hisobida tugardi. Futbol xatolarsiz bo'lmaydi.

Jamoa rahbariyati bizning oldimizga kuchli va raqobatbardosh jamoa tuzish vazifasini qo'ygandi. Bundan tashqari mavsumda 30 ochko olishimiz kerak. Menimcha bunga kuchimiz etadi.

Biz ikkinchi bo'limda ikki kishi kam bo'lib qolib ham imkoniyatlarga ega bo'ldik. Aynan mana shu meni xursand qildi.

11 avgust kuni "Paxtakor-79"ga 35 yil to'ladi. O'sha futbolchilarni yaxshi tanir edim. Afsuski ko'pchiligi yosh ketishgandi. O'sha yil may oyida meni "Paxtakor"ga chaqirishgandi. O'shanda agar taklifga rozi bo'lganimda bu erda bo'lmasmidim. Bu taqdir, bu hayot, - deydi Edgar Gess.

SHerzod Hamdamov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика