So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

4:1! Napoli o'z maydonida Liverpulga hech qanday imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

4:1! Napoli o'z maydonida Liverpulga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Teglar :  Liverpul "Napoli"
ECHLning 1-turidan o'rin olgan "Napoli" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

Napoli (Italiya) – Liverpul (Angliya) 4:1

Gol: 5 - Zelinski, 31 - Andre-Frank Zambo-Angissa (Zelinski), 44 - Simeone (Kvaracxeliya), 47 - Zelinski, 49 - Dias

8 sentyabr, 00.00, "San-Paolo"

Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min CHje, Olivera, Lobotka, Zelinski, Zambo-Angissa, Politano, Osimxen, Kvaracxeliya.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson, Milner, Fabino, Elliott, Firmino, Saloh, Dias.


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. Bugun Spalletting jamoasi super o'yin ko'rsatdi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Klopp esa jamoasida nimalarnidir o'zgartishi lozim bo'ladi, aks holda u ham Tuxel ortidan Germaniyaga qaytib ketadi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

89. «Liverpul» futbolchilari raqib jarima maydonchasining ichida to'pni olib yurishmoqda, biroq...

82. «Liverpul» futbolchilari o'yini yakunlanishini kutishayotgandek, ular hujum qilishni ham istashmayapti

77. O'zgarish: Elliotning o'rniga Artur maydonga tushdi

74. O'zgarish: Elif Elmas va Mariu Ruy maydonga tushdi. Ular Petr Zelinskiy va Matias Olivera alishtirishdi

70. Lonzano jarima maydonchasining tashqaridan turib zarba yo'lladi, biroq noaniq

66. Ogohlantirish: Amir Rraxmani hakam tomonidan ogohlantirildi

Bugungi uchrashuvni «Yoshlar tv»da ko'rayotganlarga achinish kerak. Translaciya juda ham yomon. Ko'rish imkoni deyarli yo'q. Buni uchrashuvni sharxlayotgan X.Xamidov ham malum qilmoqda

62. O'zgarishlar: Firmino, Milner va Salah maydoni tark etdi, ularning o'rniga Darvin, Jota va Alkantara maydonga tushdi

61. Dias mehmonlarni «botqoqlik»dan olib chiqishga harakat qilmoqda. Biroq uning ajoyib zarbasini Merit qaytarmoqda

57. O'zgarish: Xvicha va Politano maydoni tark etdi, ularning o'rniga Zerbin va Lozano maydonga tushdi

51. Dias bir himoyachini chiroyli aldadi va zarba yo'lladi, biroq ozgina noaniq

49. GOOOOOOOOOL. Dias uzoqdan ajoyib tarzda gol urmoqda

47. GOOOOOOOOOOL. Petr Zelinskiy hisobni to'rttaga oshirmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Klopp ilk o'zgarishni qildi. Birinchi bo'limda juda ko'p xatoga yo'l qo'ygan Gomesning o'rniga Matip maydonga tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha «Napoli» raqibini «yanchib tashlamoqda». Klopp ikkinchi bo'limda ko'p narsalarni o'zgartirishi kerak yokida u ham hamyurti singari ilk turdan so'ng xaydalishi mumkin...

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

44. GOOOOOOOOOOL. Kvaracxeliyani hech kim to'xtaya olmayapti. U ikkita futbolchidan o'tdi va Simeonega to'pni uzatdi. Argentinalik hujumchi esa bo'sh darvozani aniq nishonga oldi

41. O'zgarish: Osimxen jarohat oldi va uning o'rniga Simeone maydonga tushdi

35. "Liverpul"da navbatdagi yaxshi imkoniyat. Milnerning ajoyib uzatmasini Xarvi Elliot ko'kka sovurdi

34. Van Deyk boshi bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq Aleks Meretdan super seyv. Jamoa yaxshi o'ynasa, darvozabon ham shunday o'ynaydi

31. GOOOOOOOOOOL. Bugun mehmonlarning himoyasi karvonsaroyga aylanib qolgandek. Gomes qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Andre-Frank Zambo-Angissa darvozabon bilan birga bir chiqdi va o'z imkoniyatidan unumli foydalanadi

30. Salah chap oyog'ida zarba yo'lladi, biroq darvozabon o'z o'rnida

28. Osimxen yaxshi harakat qildi va to'pni Kvaracxeliyaga uzatdi, gruziyalik futbolchi bo'sh darvozaga to'pni aniq yo'lladi, ammo Van Deyk darvoza chizig'idan to'pni olib chiqmoqda

22. Aleksander-Arnoldning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytarmoqda. Mehmonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi

18. ALISOOOOOOOOON. Osimxening 11 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytarmoqda

16. Mehmonlar darvozasiga hakam yana bir bor penalti qo'ymoqda. van Deyk Osimxeni oyog'ini bosdi va hakam buni qo'pollik sifatida ko'rdi. Hakam van Deykga sariq kartochka ham ko'rsatdi

11. «Liverpul» ilk hujumni tashkil qildi. Salahga himoyachilar halaqt berib qolishdi

10. Ogohlantirish: Jeyms Milner juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

5. GOOOOOOOOOOOOL. Zelinski 11 metrli nuqtadan unumli foydalandi va hisobni ochdi

4. PENALTI. Mezbonlar ilk daqiqada hisobni ochish imkoniga ega bo'ldi

1. Mezbonlar ilk daqiqadan juda yaxshi hujum tashkil qildi, Osimxenning zarbasi ustunga tegmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI!

SSC Napoli

Piotr Zielinski - 5', Andre-Frank Zambo Anguissa - 31', Giovanni Simeone - 44', Piotr Zielinski - 47'

Champions League Grp. A . 1-tur

08/09/2022, 00:00

1
:
4
Tugadi

Liverpool

Luis Diaz - 49'

Stadion: Diego Armando Maradona, 51793 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
5'  Piotr Zielinski
18'  Victor Osimhen
31'  Andre-Frank Zambo Anguissa
31'  Piotr Zielinski
41'  Victor Osimhen (Giovanni Simeone)
44'  Giovanni Simeone
44'  Khvicha Kvaratskhelia
47'  Piotr Zielinski
57'  Khvicha Kvaratskhelia (Alessio Zerbin)
57'  Matteo Politano (Hirving Lozano)
66'  Amir Rrahmani
74'  Piotr Zielinski (Eljif Elmas)
74'  Mathias Olivera (Mario Rui)
10'  James Milner
18'  Virgil van Dijk
46'  Joseph Gomez (Joel Matip)
49'  Luis Diaz
49'  Andrew Robertson
62'  Roberto Firmino (Darwin Nunez)
62'  Mohamed Salah (Diogo Jota)
62'  James Milner (Thiago Alcantara)
77'  Harvey Elliott (Arthur)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика