So’nggi yangiliklar

18:41Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  6 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  10 18:30Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" (матнли транлсяция)  6 18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  13 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  47 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0

ECHL. Guruhdagi vazifa, "Leypcig", Van de Bek va taqvim haqida. Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

ECHL. Guruhdagi vazifa, "Leypcig", Van de Bek va taqvim haqida. Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Bugun CHempionlar ligasida 2-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

"H" guruhi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi o'z maydonida Germaniyaning "Leypcig" klubini qabul qiladi. Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Quyida "qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsher ishtirokidagi anjumanni o'qishingiz mumkin. Unda norvegiyalik mutaxassisga yarim himoyachi Skott Maktominey hamrohlik qildi.

Sulsher: "Har bir o'yinga 3 ochko ishlab olish imkoniyati sifatida qaraymiz. To'rt jamoa ishtirokidagi guruh bosqichida katta ehtimol bilan 10 ochko keyingi bosqichga chiqishimiz uchun etarli bo'ladi. SHunday ekan bizning maqsadimiz - tezroq 10 ochkoni jamg'arish".

Jarohatlanganlarning holati haqida

- O'yinda ishtirok etishi so'roq ostida bo'lgan o'yinchilar bor, lekin bu yakshanba kungi uchrashuvdan keyingi odatiy hol. Ayniqsa, "CHelsi"ga qarshi katta bosimdagi bellashuvdan keyin. Umuman olganda esa tarkibimiz deyarli o'sha-o'sha.

Fredning yarim himoyadagi roli haqida

- U jamoaning juda qimmatli o'yinchisi, ajoyib yigit va uning harakatlari doimo pozitiv. U hamon Premer-ligaga moslashmoqda. U va Skottning o'yini jamoamiz uchun katta foyda.


Tarkibdagi rotaciya haqida

- Biz deyarli har uch kunda o'ynayapmiz va bu mavsum oxirigacha davom etadi. Keyin Evropa chempionati va yangi mavsum. Albatta, o'yinchilarga tanaffus berish uchun har qanday imkoniyat mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Bunday holatda futbolchilarga katta bosim qilish yaramaydi, chunki bunaqangi grafikda jarohat olish ehtimoli ortadi. O'ylashimcha, bu mavsum inson faktori katta rol o'ynaydi. Biz yigitlar haqida qayg'urishimiz kerak.

"Leypcig" haqida

Ular har mavsum o'sib borishmoqda. Ularda hammasi yaxshi, endi ular sovrinlar uchun ketishmoqda. Ularda yosh va qiziqarli murabbiy bor. Hozir bu jamoani kuzatish juda qiziq.

Tarkibdagi tanlov va yarim himoyadagi balans haqida

Sulsher: - Bizni uzun mavsum kutyapti va tarkibimiz o'tgan mavsumdagidan kuchliroq. Oldingi bahsda Donni, Nemanya va Pol kabi tajribali va o'z terma jamoalarining azolari hisoblangan o'yinchilar zaxirada qolishdi. SHunday ekan, tanlov qilish oddiy emas. Oldinda bizni ko'plab to'qnashuvlar kutyapti, shunday ekan ular hammasi o'z rollarini o'ynashadi. Hech kim barcha uchrashuvlarni boshidan oxirigacha to'liq o'tkaza olmaydi. 

Maktominey: - Biz turli xil sxemalarda o'ynaganimizda yarim himoyada ham rotaciya ro'y beradi, menimcha hammamiz bir-birimiz bilan o'ynay olamiz. Murabbiy ayrim o'yinchilarga tanaffus kerakligi haqida gapirganda mutlaqo haq edi. Hammamiz sheriklarimiz bilan birga o'ynashga oson moslashyapmiz.

Tig'iz taqvim haqida

Maktominey: - Bu yil mavsum oldi tayyorgarligimiz pandemiya sabab minimal bo'ldi. SHunday ekan o'yinlar - bu formaga kirib olish uchun juda yaxshi imkoniyat. Hozir kerakli jismoniy formaga kirishni boshladik. Hamma o'yinchi tarkibga kirishga va undagi o'rnini saqlab qolishga harakat qilmoqda.


Raqibning xavfliligi haqida

Sulsher: - Albatta, oxirgi bir necha yildan beri "Leypcig"ni kuzatib kelayapmiz. Yulian raqibdan kelib chiqib juda yaxshi tayyorlana oladi. Lekin, uning asosiy uslubi - hamisha yuqori tezlik va kuchli bosim. Ular turlicha o'ynashlari mumkin, lekin biz ularga muammo tug'dirishga etibor qaratamiz.

Asosiy mavzu - Donni Van de Bek

Sulsher: - Qachonki o'yinchilar yangi jamoa, yangi chempionatga kelganida bunga ko'nikib borishadi. Donni maydonga tushganida yaxshi o'ynamoqda. Donni bu mavsum jamoamizda muhim rolni bajaradi. Hozir hamma uchun asosiy mavsum Van de Bek ekanini bilaman. Bazi sobiq o'yinchilar va sharhlovchilar tillarini biroz tozalab olishlari lozim. Jamoaning muhim futbolchisi bo'lish uchun dastlabki uchta o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlash shart emas.

Maktominey: - Donni har kuni mashg'ulotga yuzida tabassum bilan keladi. Aminmanki, Donni bu jamoada muhim figuraga aylanadi. Aleks (Telles) va Edinson (Kavani) bilan birga ular kiyinish xonasidagi kayfiyatni ko'tarishdi. Donnida hech qanday vahima yo'q. Unga yangi chempionat, yangi uy va o'zi uchun yangi mavsumga moslashish uchun vaqt kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика