Dushan Miyich: "Bu o'yinni unutishimiz kerak. Tanaffusda xatolarimizni tahlil qilamiz"
15 mar 13:49
Yangiliklar
Dushan Miyich: "Bu o'yinni unutishimiz kerak. Tanaffusda xatolarimizni tahlil qilamiz"
Ushbu uchrashuvdan so'ng navoiyliklar futbolchisi Dushan Miyich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin haqida nima deyishim mumkin, biz istagan narsalar o'xshagani yo'q. Endi tanaffusga yo'l olamiz. Xatolarimizni ko'rib, tahlil qilib olishimiz mumkin. Bir narsani aytishim mumkinki, jamoadoshlarim maydonda borlarini berishdi. Faqat omad etishmadi. 2-3 ta yaqqol vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Bu esa qimmatga tushdi. Raqib vaziyatdan foydalandi va g'alaba qozondi. Bu o'yinni unutish kerak. Keyingi uchrashuvda hammasi boshqacha bo'lishiga ishonaman.
Biz paslar orqali o'yin tashkil qilishga harakat qilamiz. Lekin maydon sifati bunday o'yinga mos emas. Biz maydonga tezroq moslashishga urindik. Lekin kutganimizdek bo'lmadi",- deydi Dushan Miyich.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar