So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Durbek Umaraliev: "Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi" Yangiliklar

Durbek Umaraliev: "Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi"

Teglar :  "Qizilqum""Neftchi"
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Durbek Umaraliev qatnashdi.

"Jangovar o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun borini berdi. "Qizilqum" yangi murabbiy qo'l ostida yaxshi jamoa shakllantirilmoqda. Bu futbol, bugun biz o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. O'yindagi ayrim vaziyatlar mag'lubiyatga sabab bo'ldi, ammo qo'limizni tushurmaymiz. Tanlagan yo'limiz bor, shunga qarab olg'a qadam bosamiz", - dedi Durbek Umaraliev. 

- "Neftchi" jamoasi uchun dastlabki 4ta turda 1ta g'alaba kam emasmi? 

- Albatta kam! "Neftchi" har bir o'yinda g'alaba qozonish salohiyatiga ega. Mavsum shunday boshlandi. Yo'qotilgan ochkolarni keyingi turlarda o'rnini bosishga harakat qilamiz. Hammasi o'z joyiga tushib ketadi. 

- Oybek Qilichev va Husniddin G'ofurov nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushishmadi? 

- Asosiy tarkibni raqibga qarab tuzdik. 

- "Neftchi" Kubokda ham "Qizilqum" bilan to'qnash keladi. Taqvim jamoaingiz uchun og'ir kelmadimi? 

- Yo'q, aprel oyida 6ta o'yinimiz bor, uchta kubok, uchta Superligada. Nolishga hojat yo'q. Taqvim barcha uchun bir xil. 

- Ilhom Mo'minjonov oldingi matbuot anjumanlarida "Neftchi" mavsumni kuchli uchlikda tugatmoqchi ekanligini aytgandi. 

- Maqsadimiz o'zgargani yo'q. Qaytarib aytaman yo'qotilgan ochkolarni keyingi turlarda qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

- Bugungi natija o'yinga mosmi? 

- Yo'q, natija o'yinga mos emas. 

- "Neftchi" muxlislaridan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz. Farg'onadan kelib bizni qo'llab quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishontirib aytamanki hali "Neftchi" qaytadi. G'alabalari o'yinlarimiz oldinda.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика