So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  37 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Dubaydan yozamiz. 1-kun kundaligi. Lushanga salom! Yangiliklar

Dubaydan yozamiz. 1-kun kundaligi. Lushanga salom!

Dubay missiyasini ham boshlab yubordik. Oldindan aytaman, havo juda dim.
Havoni bahona qilyapti demang, kecha aeroportdan chiqqanimdan keyin yuzimni ter bosdi. Bir amallab mehmonxonaga etib keldim. Jurnalist uchun nima kerak, internet va telefon. 1 soatga qolmay muammolar bartaraf etildi. Terma jamoalar markazida faoliyat olib borayotgan Romadan mashg'ulot va terma jamoaning mehmonxonasi borasida aniq malumot olgan edim, mahalliy vaqt bilan soat 18:00ga "Movenpik"ka keldim. Tashqarida Nesterov turgan ekan, mamurlar oldida tanishlarim ko'pligi uchun, avval ular bilan salom alik qilay dedim. O'zi xayrlashganimizga hali 1 hafta bo'lmagan edi. Resepshenda murabbiylarimiz meni qaerdadir ko'rganliklarini aytib kulishdi. Xullas kayfiyatlar alo.

Mashg'ulot maydoni uzoqda emas, 2 daqiqalik yo'l. "Al Nasr" sport majmuasida bir nechta katta va kichik maydonlar bor. Bu er qishda "qaynaydi". Ko'plab jamoalar aynan shu erda shug'ullanadilar. Terma jamoamiz manzilga etib kelganida, kichik maydonlarda turli jamoalar shug'ullanayotgan edilar. Ular orasida dubayda istiqomat qiladigan, eronliklarning o'z jamoasi ham bor ekan. Maxsus murabbiy yollagan holda, "mahalla-mahalla" futboliga tayyorgarlik ko'ryaptilar. PSJ, "Marsel" va "Lion" futbolkalarini kiyib olgan yosh bolakaylarga francuz murabbiy saboq beryapti. Aftidan ular yoki BAAda faoliyat olib boradigan francuzlarning farzandlari yoki yig'in o'tkazish uchun Dubayga kelgan futbolchilar.

Men futbolchilarni suratga tushirib yurgan paytim ular mashg'ulotni tugatib qaytayotganida, Saidmurot akadan o'zbekligimizni bilib Lushanni so'rabdi va unga salomini etkazishni iltimos qildi. Biz esa fursatdan foydalanib, uning omonatini topshiramiz. - LUSHANGA SALOM!



Mana o'sha Sergey Lushanga salom yo'llagan murabbiy

Stadionlarni ko'pligidan (tabiiy) akademiyalar kechki payt, projektorlar ostida mashg'ulot o'tkazishadi. Aynan shu erda bizda katta oqsash bor. Mashg'ulotlarni chetga surib turamiz, bolalar o'rtasidagi rasmiy o'yinlar quyosh charaqlab, boshingizga nayzadek sanchiyotgan paytida bo'ladi.

Endi terma jamoaga oid o'z fikrlarimni bildirib o'tsam. Oliy ligani chetga surib turaman. Faqat ota-onangiz joningizga tegmaydi. sizga begona bo'lgan istagan yaqin odamingiz bilan juda ko'p vaqtni birga o'tkazing, asabingiz buzila boshlaydi. Hozir terma jamoamizda shunday davr. Bolalar Incheondan kelib, bir kun o'tib Qatarga ketishdi. Bu erda ikki haftaga yaqin vaqt birga bo'ladilar. Oliy ligaga qaytib, yana birozdan so'ng uzoq muddatli yig'in, keyin Avstraliyadagi Osiyo Kubogi. Buning uchun faqat bir ish qilish mumkin, ulani qo'llab-quvvatlash va chalg'itish. SHuning uchun men o'quvchilar sizlardan komentlarda har xil, asabga tegadigan, yoki tahlilsiz yozilgan komentlarni qoldirmaslikni iltimos qilamiz. Kamida Osiyo Kubogigacha bir tanu jon bo'laylik. Hech kim terma jamoamizni mag'lubiyatini istamaydi. Uzr adashdim, istayotganlar ham bor, yutqizsa gaplarimni aytib olay deganlar ko'p. Lekin Yangi Zelandiya bilan bo'lib o'tgan o'yin shaxsan menda ishonch uyg'otdi. SHunday ekan, ularni qo'llab-quvvatlaylik!

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика