So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  3 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Dinamoni peshqadamga aylantirgan g'alaba Yangiliklar

Dinamoni peshqadamga aylantirgan g'alaba

Teglar :  DinamoSHo'rtan
Samarqandda bayramona kayfiyatda boshlangan futbol mavsumining ochilish marosimi uchrashuvi Dinamoning ajoyib g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvdan oldin Samarqandda O'zbekiston milliy chempionati bayroqlari tantanali tarzda ko'tarildi. Ochilish marosimida so'zga chiqqan, Samarqand shahar hokimi, Dinamo klubi prezidenti Vohid Rahimov barcha muxlislarni yangi futbol mavsumi bilan tabriklab, Samarqandda XXVI milliy chempionat o'yinlari rasman ochiq deb elon qildi.

10 mingdan ortiq muxlislar qarshisida SHo'rtan jamoasiga qarshi uchrashuvni hujumkor boshlagan vakillarimiz 15-daqiqadayoq yosh hujumchi Sardor Sulaymonovning ajoyib goli evaziga stadionni larzaga keltirishdi. Sardor ikki himoyachini chiroyli tarzda dog'da qoldirib, Eldor Tojiboev qo'riqlayotgan darvozaning to'qqizligini nishonga oldi, 1:0.

Goldan keyin vakillarimiz hujumkorlikni oshirish barobarida himoyada ham barqaror o'yin namoyish etishdi. Buning natijasida yosh himoyachilar Aleksandr Pishur, Igor Taran singari tajribali hujumchilarni to'xtata olishdi.

Ikkinchi bo'limda ham samarqandlik futbolchilar o'yinni hujumkor boshlashdi. 48-daqiqada Orif Mamajonov tomonidan burchakdan etkazib berilgan to'pni jamoa sardori Akmal Bozorov bosh bilan raqib darvozasiga kiritib, o'yindagi va mavsumdagi ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi, 2:0.

Dinamo murabbiylarining ikkinchi bo'limda amalga oshirgan o'zgarishlari ham o'z samarasini berdi. Gol muallifi Sardor Sulaymonov o'rniga maydonga tushgan tezkor Abdumalik Abdullaev maydonga tushganidan uch daqiqa o'tib jarima maydoniga etkazib berilgan jarima to'pini ajoyib tarzda raqib darvozasiga joyladi, 3:0.

Ushbu goldan keyin mavsumning dastlabki bahsida muxlislar bilan deyarli to'lgan Dinamo stadionidagi ishqibozlar bayramni boshlab yuborishdi. Omadli startdagi dastlabki ikki g'alaba Dinamo jamoasini 2-turdan so'ng Oliy Liga-2017 peshqadamiga aylantirdi.

Samarqand klubi 12 mart, yakshanba kuni Toshkentda Paxtakor jamoasi mehmoni bo'lishadi.

Oliy Liga. 3-tur.
8 mart (chorshanba)
DINAMO - SHO'RTAN - 3:0
Samarqand, 10, 138 tomoshabin.
Hakamlar:
Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.
Gollar: Sardor Sulaymonov 15, Akmal Bozorov 48, Abdumalik Abdullaev 68.
Dinamo: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (Radu Rogak, 75), Jasur Azimov, SHohruh Xolmatov, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Orifjon Mamajonov (Komil SHarofutdinov, 69), Javohir Qahramonov, Sardor Sulaymonov (Abdumalik Abdullaev, 65).
SHo'rtan: Eldor Tojiboev, Saidkomil Akbarov, Jahongir Jiyamurodov, Ruslan Vagapov, Igor Taran (Zafar Polvonov, 55), Umarbek Eshmurodov, Obid Jo'raboev, Siroj Hamroev, Sardor Sobirxo'jaev (Aziz G'ulomxo'jaev, 46), Akmal Xolmatov (Otabek Narzullaev, 69), Aleksandr Pishur.
Ogohlantirishlar: Umar Eshmurodov, 74.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика