So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Dinamo Navro'z dasturxoniga taklif etildi Yangiliklar

Dinamo Navro'z dasturxoniga taklif etildi

Teglar :  DinamoNavro'z
Azal-azaldan xalqimizning ezgu va go'zal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini o'zida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga o'lmas meros sifatida bezavol o'tib kelayotgan Navro'zi olam yurtimizda umumxalq bayramiga aylangan.

Xalqimizning eng sevimli ayyomlaridan bo'lmish ushbu bayram munosabati bilan Oliy Liga startini muvaffaqiyatli boshlagan Dinamo jamoasi Samarqand viloyat rahbariyati va shahar hokimligi tomonidan tantanali o'tgan Navro'z dasturxoniga taklif etildi.

Dinamo futbol klubi, viloyat futbol federaciyasi va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirokida o'tgan bayram tadbirida Samarqand viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Xudoyberdiev SHunqor Farmonovich, Samarqand shahar hokimi, Dinamo klubi prezidenti Rahimov Vohid Sanaqulovichlar so'zga chiqib, O'zbekiston milliy chempionati o'yinlarini omadli boshlagan Dinamo jamoasini Navro'z ayyomi bilan tabriklab, Samarqand viloyati ahlini xushnud etishda davom etishlarini tiladi va o'z o'rnida viloyat rahbariyati klubni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda davom etishini malum qildi.

SHuningdek, tadbirda taklif etilgan 1994 yilgi Osiyo O'yinlari g'olibi Azamat Abduraimov ham so'zga chiqib, Navro'z bayrami bilan barcha yig'ilganlarni tabriklab, jamoaga keyingi o'yinlarda ham omad yor bo'lishini tiladi.

Bayramona ruhda o'tgan Navro'z bayramida samarqandlik el suygan sanatkorlar o'z qo'shiqlari bilan davraga yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика