So’nggi yangiliklar

15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  0 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  0 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  28 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  10 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  12 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1

Dilyaver Vaniev: "Mag'lubiyatlar uchun masuliyatni o'z bo'ynimga olaman va rahbariyatdan istefo so'rayman" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Mag'lubiyatlar uchun masuliyatni o'z bo'ynimga olaman va rahbariyatdan istefo so'rayman"

Biroz avval Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi (1:2). O'yindan keyin mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Ketma-ket oltita mag'lubiyatda barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman va klub rahbariyatidan istefo so'rayman. "Paxtakor" bilan o'yinga jamoani kim tayyorlashini rahbariyat hal qiladi. 

Bugun yigitlarga ishongandim, ammo ko'rdimki ularda pasayish kuzatilmagan, futbolchilar qandaydir ruhiy o'raga tushib qolishgandek". 

- Jamoa hozirgi vaziyatdan qanday chiqib ketishi kerak, deb o'ylaysiz? 

- Faqat mehnat qilib, boshqa yo'l yo'q. Bundan tashqari keyingi o'yin oldidan ko'plab futbolchilar diskvalifikaciyaga uchrashdi.

- Omadsiz natijalardan keyin muxlislarning etirozlarini ham eshitdingizmi? 

- Bu mutlaqo normal holat. To'g'ri yoqimsiz, ammo buni to'g'ri qabul qilaman. Tashkilotchilik borasida hech qanday muammo bo'lmadi, buning uchun rahbariyatga rahmat. Ha, kichik muammolar bo'ldi, yashirmayman. Ammo hozirgi moliyaviy holatda bunchalik sharoit yaratishni hamma ham eplay olmaydi. 

- Sizningcha penalti bormidi? 

- Jarima maydonchasi ichida ehtiyot bo'lish shart. Aslida oldinroq yaxshiroq o'ynab ijobiy natijani qo'lga kiritsak bo'lardi. Demak ,murabbiylik malakam shunday ekan.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика