Dilshod SHarofetdinov Malayziya superligasida dublga erishdi
11 may 2014 13:32
Yangiliklar

Dilshod SHarofetdinov Malayziya superligasida dublga erishdi
Malayziya superligasining 15-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Dilshod SHarofetdinov to'p tepayotgan "Sime Darbi" jamoasi o'z uyida "Saravak FA"ni qabul qilib 3:2 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi mezbonlar safida SHarofetdinov dublga erishdi. Hamyurtimiz 30 va 45+4-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. 90+3-daqiqada Dilshod hakam tomonidan ogohlantirildi.
"Sime Darbi" 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 17 may kuni safarda chempionat peshqadami "Selangor" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Sime Darbi" - "Saravak FA" 3:2
Gollar: Dilshod SHarofetdinov 30, 45+4, M.Saidin 84 - CHanturu 8, Griffits 22.

Fikrlar