So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Dilshod Rahmatov: “Osiyo chempionligini qo'lga kiritmoqchimiz” Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: “Osiyo chempionligini qo'lga kiritmoqchimiz”

Futzal bo'yicha Oliy liganing navbatdagi mavsumi yakunlanmoqda.

“Jizzax-Kenteks” o'z tarixida birinchi marotaba chempionlikni qo'lga kiritdi. Bunda jamoa etakchisi Dilshod Rahmatovning ham hissasi katta bo'ldi. 

Qo'lga kiritgan chempionlik

CHempionat juda qiziqarli o'tdi. Deylik, jamoamiz AGMKdan 10 ochkoga o'tib ketganiga qaramay, chempionlik oxirgi turlarga qadar aniq bo'lmadi. Omadsizliklar ham bo'ldi. Dastlab “Lokomotiv”ga, keyinchalik “Metallurg”ga yutqazib qo'ydik. Raqobat xususida gapirsam, “Lokomotiv” ko'p vaqt davomida peshqadamlikni o'zida saqlab qoldi. Biz esa har bir o'yinda muvaffaqiyat qozonib keldik va yakunda maqsadga erishdi. Bunda jamoamizning 80 foizi milliy terma jamoa azolari ekanligi, bosh murabbiyimiz ham terma jamoa ustozi bo'lgani yutug'imiz bo'ldi. Eng muhimi klubga Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev juda katta yordam berdi va barcha shart-sharoitlarni yaratib  berdi. O'zbekiston chempioni medali sonini yana bittaga ko'paytirganimdan xursandman. 

Eng qiyin o'yin

- Har bir o'yinimiz juda qiyin kechdi. Futzalda ham oson o'yin bo'lmaydi. Nazarimda Jizzaxda AGMKga qarshi kechdi. Birinchi bo'limda mag'lub bo'lib turgandik. Tanaffusdan keyin iroda namoyish qilib, g'alaba qozonib ketdik. 

Xalqaro maydondagi kurash haqida

- Bilasizmi, tarkibimizda terma jamoa futbolchi va murabbiyi bor. SHu sababli biz bemalol “Jizzax-Kenteks” bilan xalqaro maydonda kurasha olamiz. Qolaversa, u erda ham yaxshi natijalar ko'rsata olamiz. Bunga kuchimiz va salohitimiz etarli. 

Indoneziyadan tushgan taklif borasida

- Darhaqiqa, menga Indoneziya klubidan taklif tushdi. Bir qator insonlar tomonidan aloqaga chiqishdi. Hozirgi kunda “Jizzax-Kenteks”dagi ishlari yaxshi va bu erdagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilyapman. SHu sababli ham Indoneziyaga borishni istamadim. 

Osiyo chempionati haqida

- Terma jamoa libosida doimo maqsadimiz chempionlik bo'ladi. Sentyabr oyida Quvaytda Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Hozirda chempionatni yakunlab olganimizdan keyin, Bahodir aka Ahmedov 20 kunga futbolchilarga dam beradi. Bilishimcha, o'rtoqlik uchrashuvlarimiz bor. Bilasiz, terma jamoamiz shu vaqtgacha Osiyo chempioni bo'lmagan. Eron doimiy ravishda chempionlikni qo'lga kiritib kelgan. Biz bu safar shu ananaga chek qo'yib, g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика