So’nggi yangiliklar

14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  0 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  9 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  33 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  13 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13

Dilshod Rahmatov: “Bugun Iroqni mag'lub etib tarixga kirmoqchimiz” Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: “Bugun Iroqni mag'lub etib tarixga kirmoqchimiz”

Bugun O'zbekiston terma jamoasi pley – off bosqichida Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Biz O'zbekiston terma jamoasi futzalchisi Dilshod Raxmatov bilan uchrashib o'yindan oldin intervyu oldik

-  Iroq terma jamoasiga qarshi o'yin haqida fikrlaringizni bildirsangiz.
-  Bugungi o'yinga jamoadoshlarimning kayfiyati alo darajada. Biz ushbu uchrashuv uchun ancha tayyorlandik. Jahon chempionatiga chiqish uchun yana bir qadam qoldi. Bunaqangi imkoniyat bir martta bo'ladi, xar doyim ham berilavermaydi. Lekin Iroq Eron emas. SHuning uchun bugun o'zbek futbolida tarixga kirmoqchimiz.

-  Eron Iroq terma jamoasini 3 – turda yirik (13:2) hisobida mag'lub etdi. Bunga qanday fikr bildirasiz?
-  Eron, Iroq terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etkani bu Iroqni kuchsizligini bildirmaydi. Meni fikrimcha o'sha uchrashuv Iroq uchun unchalik muhim bo'lmagandir. Balki o'sha uchrashuvda Iroq kuchli futzalchilariga biroz dam berib ikkinchi tarkibini tushurgandir. Yirik hisob qayd etilishiga manashu omil sabab bo'ldi deb o'ylayman. Lekin Iroq terma jamoasi ham kuchsiz emas. Xar bir raqibga xurmat bilan qarash kerak.

-  Ushbu uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rdinglar?
-  Eronga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapsiz. Bugun men kasalman men o'ynayolmayman degan narsa esimizdan chiqib ketadi. Biz ushbu uchrashuvga tayyormiz. 2012 yili Dubay shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ham Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmaganmiz. Bu safar ushbu yirik musobaqa uyimizda o'tkazilyapti. Bu Eron emas Iroq terma jamoasi. Albatta Eron bilan ham o'ynasa bo'ladi. Bugun Iroq terma jamoasini mag'lub etib Jahon chempionati yllanmasini qshlga kiritmoqchimiz.

-  Aytgancha, terma jamoada shamollaganlar sog'ayib ketishdimi, bugungi o'yinga tayyormi?
-  Albatta ayni damda sog'lig'imiz avvalgidan ancha yaxshi. SHifokorlarimiz ham bizga yaxshi qarashdi. 3 kundan avval davolanishni boshlaganmiz bugungi o'yinga tayyor bo'lib boramiz.
   
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика