So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Dilyaver Vaniev: "Botir Nosirov faoliyatini yakunlagani noto'g'ri malumot. Murtozaev qo'lini sindirib oldi" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Botir Nosirov faoliyatini yakunlagani noto'g'ri malumot. Murtozaev qo'lini sindirib oldi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yin haqida nima deyishim mumkin? Albatta, oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'lish alamli. "Qizilqum" bugun g'alaba qozondi, lekin fikrimcha teng o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Ohirgi daqiqalarda himoyada bunlay qo'pol xatoga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi. Navbatdagi o'yinga tayyorlanamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Alamlisi o'tgan tur o'z maydonimizda ham mag'lub bo'lgandik, bugun esa bunday holat. Mag'lubiyat yanada jiddiyroq ishlashimiz kerakligini ko'rsatib bermoqda.

Botir Nosirovning faoliyatini yakunlagani noto'g'ri malumot. Lekin, jamoamizda o'ynovchi murabbiy bo'lib qolgan. Vaziyat shuni taqozo etgani uchun uni maydonga tushurdim, asosiy tarkib darvozaboni qizil kartochka olgan edi. Ikkinchi darvozabon esa jarohat olgan. Botir Nosirovga ortiqcha etirozim yo'q. U faoliyatni yakunlasa ham jamoamizda murabbiy sifatida ishlayveradi.

Humoyun Murtazoev qo'lini sindirib oldi, katta bo'lmagan jarroxlik amaliyotini o'tkazdi. Tiklanishi uchun esa vaqt kerak",- deydi Dilyaver Vaniev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика