Di Mariya "Yuventus" taklifini qabul qildi
27 iyu 2022 22:35
Yangiliklar
Di Mariya "Yuventus" taklifini qabul qildi
Argentinalik vinger Anxel Di Mariya "Yuventus"ga o'tish arafasida turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik vinger "Yuventus"ning bir yillik taklifini qabul qilgan. Hozir tomonlar oxirgi masalalarni hal qilmoqda.
Ushbu yozda PSJni erkin agent sifatida tark etgan futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun yana bir mavsumni Evropada o'tkazib, keyin Argentinaga qaytishni istaydi. O'z mamlakatida Di Mariya yana bir necha mavsum o'tkazishni rejalashtirmoqda.
34 yoshli o'ng qanot yarim himoyachisi o'tgan mavsum PSJ safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar