Desham: "Xavotirga o'rin yo'q"
		
		26 sen 2022 15:07
        Yangiliklar	
	 
				 
				Desham: "Xavotirga o'rin yo'q"
"Falokatga yo'liqamiz, degan fikrdan yiroqman. Bizda juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik, himoyadan chiqishda ham xatolarga yo'l qo'ydik.
Bizda yosh jamoa bor, aksariyat futbolchilarda yuqori saviyada o'ynash tajribasi yo'q.
Gap taktikada emas. Daniya terma jamoasi futbolchisi burchak zarbasi amalga oshirilganda to'rt marta yolg'iz qoldirildi.
Xavotirga o'rin yo'q, xalqaro tajribaga ega futbolchilarning qaytishi bizga foyda keltiradi.
Kecha bir qancha o'yinlarni kuzatdim, boshqa kuchli jamoalar ham mag'lubiyatga uchrashdi.
Hammadan kuchlimiz, deb o'ylash xato bo'ladi. Kurashishimiz lozim. Albatta, yutqazish – yoqimsiz holat.
Bu ikki oy ichida bizni nima kutayotganini eslatadi. Hozir yuqori darajadan uzoqmiz, bu uchun eng yuqori talablarga javob berishimiz kerak. Men bahona izlayotganim yo'q, lekin keyingi ikki oy ichida kuchimizni tiklashimiz juda muhim", – dedi Desham.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar