Depayning agenti "Barselona" bilan futbolchining kelajagini hal qildi
29 iyu 2022 22:19
Yangiliklar
Depayning agenti "Barselona" bilan futbolchining kelajagini hal qildi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depayning agenti shu hafta kataloniyaliklar klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi va niderlandiyalik futbolchining kelajagi haqida gaplashdi.
"Barselona" Depay bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Futbolchining o'zi esa faoliyatini Kataloniyada davom ettirishni xohlaydi.
Oldinroq ispan klubi 28 yoshli hujumchini yozda kamida 20 million evroga sotish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.
Depay o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini 35 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar