So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Denis Korostichenko: "PFL taqvimni noqulay qilib qo'ygan" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "PFL taqvimni noqulay qilib qo'ygan"

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan OKMK – "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda OKMK jamoasini chorak final yo'llanmasi bilan tabriklayman. Kubokda o'yinni boy bersangiz, turnirni tark etasiz. OKMK tajribali jamoa va shu sabab ular birinchi bo'limda ikkita gol urishdi. Biz ham yomon o'ynamadik, hujum qildik va penalti ishladik. Agar penaltidan foydalana olganimizda o'yin boshqacha yakun topishi mumkin edi. Umuman olganda, yigitlarga rahmat O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi yomon o'ynamadik.

- Bugun "Lokomotiv"ning omadi kelmadi desak bo'ladimi? Sababi jamoa vaziyatlar yaratdi, o'yinni nazorat qildi, penaltidan foydalana olmadi.

- SHunaqa bo'lishi mumkin, lekin men bir narsani aytib o'tmoqchiman. Bunday mavzuni matbuot anjumanida gapirishim noto'g'ridir, lekin PFL taqvimni noqulay qilib qo'ygan. OKMK bita o'yin o'tkazishga ulgurdi, biz esa ikki oy deganda endi maydonga qaytdik. Katta tanaffusdan so'ng yana optimal holatga qaytish biroz qiyin bo'ldi.

- Maydon chimiga qanday baho berasiz?

- To'g'risi, men maydon holatiga baho beradigan inson emasman. Bunday iqlimda, maydonni yaxshi holatda saqlash juda qiyin. "Paxtakor" stadionining chimi har doim alo holatda bo'lar edi, bugun esa bunday emas. Maydon holatiga etiroz bildirsa bo'ladi, lekin hozirgi issiq havo bilan chimni yaxshi holatda saqlab qolish juda qiyin.

- "Lokomotiv" oldiga kubok o'yinlarida aniq bir maqsad qo'yilganmidi?

- Albatta, kubokda bizning maqsadimiz finalga borish edi. O'tgan mavsum nima bo'lganini barchangiz bilasiz va hozirgi kundagi bizning asosiy maqsadimiz jamoani Superligaga qaytarish. Kubok bahslarida ham o'z oldimizga maqsadlari qo'ygan edik, lekin bugun mag'lub bo'ldik va rejalarimiz buzildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика