So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

Denis Korostichenko: "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


O'yin haqida

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi deb o'ylayman. So'ngi daqiqalarda omadimiz kelib gol urdik, ammo g'alabani ushlab qola olmadik. Nima deb izohlashni bilmayman. Gol urib olganimizdan so'ng yigitlar ozroq bo'shashishdi. Og'ir o'yin o'tkazdik. Birinchi marta emas, o'yin oxirida gol o'tkazib ochko yo'qotayapmiz.

- Vaziyatlar yaratish borasida shogirdlaringizni harakatlaridan qoniqdingizmi?

- "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin. CHunki anchayin shakllangan jamoa. Biz ketma-ket 3 ta o'yindan buyon ochko yo'qotayapmiz. Yigitlar har qanday jamoaga qarshi o'ynash olishlariga ishonaman.

- Maxaradzening chetlatilgani sezildimi?

- Albatta sezildi. Maxaradze to'pni o'zida yaxshi ushlab tura oladi, hujumlarimizni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatadi. 

- Diyorjon Turopovning maydonga tushmagani nima bilan bog'liq?

- Turopovda ozroq jarohat bor edi. Aslida jarohat ham deb bo'lmaydi, u o'yindan oldin o'zini yomon his qildi. 100 foiz tayyor bo'lmagan futbolchini maydonga tushirmaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика