So’nggi yangiliklar

07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  0 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  1 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  228 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  15

Denis Korostichenko: Menimcha, durang adolatli bo'ldi Yangiliklar

Denis Korostichenko: Menimcha, durang adolatli bo'ldi

Bugun bo'lib o'tgan Dinamo - Lokomotiv uchrashuvidan so'ng temiryo'lchilar ustozi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bayon etdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin, bugun maydonda har ikki jamoa ham kurash olib bordi. Garchi darvozalarga to'p kiritilmagan bo'lsada, o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun kurashdi.

- «Lokomotiv» bu yil «Dinamo»ga qarshi 3 marta bahs olib borib, birortasida g'alaba qozona olmadi. Bu haqda nima deya olasiz?

- To'g'ri, shunday bo'ldi, lekin bu erga faqat uch ochkoni ko'zlab kelgandik. Eng muhimi, bugungi o'yindan keyin turnir jadvali peshqadamligini saqlab qoldik. «Dinamo»ga qarshi Pro Liga doirasidagi ikkala bahs durang bilan yakun topdi. Kubokda yutqazib qo'yganimizga kelsak, u o'yinda boshqacha rejalarimiz bor edi, ammo o'zgartirishga to'g'ri keldi.

- Oxirgi paytlarda Superliga o'yinlarida sizni ko'p bor stadionda ko'ryapmiz. Bu kelasi mavsumga hozirdan reja qilayotganingizni bildiradimi?

- Yo'q. CHunki «Lokomotiv» hali vazifani bajargani yo'q. SHu bois birdaniga keyingi yilni o'ylash noto'g'ri. Toshkent jamoalaridan Pro Ligada faqat biz qatnashyapmiz, shuning uchun bo'sh vaqt bo'ldi deguncha Superliga o'yinlariga boryapmiz. 

- Jamoa Superligaga chiqish vazifasini necha foizga uddaladi deb hisoblaysiz?

- Bu haqda hech narsa deya olmayman. CHunki futbolda oldindan bashorat qilib bo'lmaydi. Qolaversa, keyingi turlarda nima ro'y berishini ham bilmayman. Kutilmaganda «Aral»ga yutqazib qo'ydik, yoki bo'lmasa «Dinamo» Andijonda ochko yo'qotdi. Ko'ryapsizmi, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz faqat bir narsani o'ylaymiz, chempionat oxirigacha birinchi o'rindan tushmaslikni. 

- Biroz tanaffusdan so'ng Boyan Naydenov yana safga qaytdi. Uning o'yini va holati haqida fikringiz?

- Boyan jarohat olgandi va davolanib yana safimizga qaytdi. Uni oldinroq maydonga tushirishni maqsad qilgandik, biroq Nukusda suniy maydonda to'p tepishga to'g'ri keldi. «Xorazm» bilan uydagi o'yinda esa yuz foiz tayyor emasdi. Bugun esa juda og'ir uchrashuv bo'ldi va bunday o'yinga tezda kirishib ketish oson emas. O'ylaymanki, Boyan tez orada jismoniy holatini to'liq yaxshilab keyingi o'yinga tayyor bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика