So’nggi yangiliklar

14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  10 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15

Denis Korostichenko: "Bunyodkor"dan kuchli edik, g'alaba adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Bunyodkor"dan kuchli edik, g'alaba adolatli bo'ldi"

Coca Cola O'zbekiston kubogining nimchorak finali doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Birinchidan, jamoamizni, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin juda bosimli bo'ldi. SHunday o'yin bo'lishini kutgandik va shunga yarasha tayyorlangandik. Extimoliy qo'shimcha bo'limlarga ham tayyor edik. Murabbiylar bilan ko'p jihatlarni muhokama qildik. Ha, balki penaltilardan yutgandirmiz, biroq g'alabamiz adolatli bo'ldi deya olaman. Bunday o'yin bilan yutishimiz shart edi. Yana bir bor aytaman, "Bunyodkor" ham kuchli o'ynadi, oxirigacha kurashdi. Ular ham maqtovga loyiq. Bunday o'yindan keyin hissiyotlar ham tugab qoladi. Ichimdagi barcha g'uborlar chiqib ketdi.

- Bugungi o'yin statistikasida "Lokomotiv" ham zarbalar, to'pni ushlab turish, umuman barcha jihatlar bo'yicha raqibdan ustunlik qildi. Garchi hisob 2:2 bo'lgan bo'lsa-da, o'yin bobida raqibdan ustunlik qildik, deya olasizmi?

- "Bunyodkor" ham qattiq harakat qildi. Fikrimcha, adolatli yutdik. Men shunday ko'rdim, biz raqibdan kuchli o'ynadik.

- Mo'min Melievning tushirilmasligi, Jasur Jaloliddinovning zaxirada qoldirilishi, umuman shu kabi jihatlar Sizning qaroringizmi yoki boshqa sabablar bormi?

- Avvalo bu mening qarorim. SHuningdek, Mo'min Melievda kichik jarohat bor, uni xavf ostiga qo'ymadik. 7 kundan keyin "Nasaf" bilan og'ir o'yin bor, bizga hujumchi kerak. SHu sababli u bugun o'ynamadi. Jasur Jaloliddinovning zaxirada qoldirilishi esa taktik yurish edi, ikkinchi bo'limda u orqali o'yinni kuchaytirishni niyat qilgandik. Menimcha u yaxshi harakat qildi.

- Anvarjon Alijonovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Juda yaxshi. Ko'p mehnat qildi. Bugun ikkinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. U hali juda iqtidorli ekanligini ko'rsatadi.

- Penaltilar seriyasining so'nggi zarbasini Jasur Jaloliddinov tepganiga nima deysiz? O'tgan haftada u penaltidan ura olmagandi.

- Matbuot anjumanida aytgandim, keyingi o'yinda penaltini uradi deb. Mana u urdi ham (kuladi).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика