Denis Korostichenko: "Bunday mag'lubiyat shaxsan men uchun og'ir zarba hisoblanadi"
11 may 2022 22:22
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Bunday mag'lubiyat shaxsan men uchun og'ir zarba hisoblanadi"
"Bunday mag'lubiyatni qabul qilish oson emas. SHaxsan men uchun og'ir zarba. Ochig'i mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. So'nggi daqiqalarda esa koncentraciyani yo'qotdik. Raqib esa foydalanib ketdi. Ularni g'alaba bilan tabrielayman",- deydi Denis Korostichenko.

- Statistika ham aytib turibdi, raqib darvozasiga 11ta zarba yo'llandi. To'p nazorati ham "Lokomotiv"da edi. Lekin shunday o'yinlarda gol uradigan hujumchi etishmayapti. Yozgi transfer oynasida sifatli forvard jalb qilish zarur. Aks holda yana shunday holat bo'laveradi...
- Fikringizga qo'shilaman. Hozirda tarkibimizda hujumchi kam. Zaxiramiz tor. Ali Abduraxmonovni tushiryapmiz. U bilan "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin gaplashib olgandik. CHunki masuliyatni bo'yniga olib tushmoqda. Ruhiy jihatdan bunday bahslarga sekin-asta tayyorlab borish kerak, deb o'ylayman. Balki yozda yaxshi hujumchi qidirarmiz. Ishlashda davom etamiz. Bizni qo'llab - quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar