Deku: "Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmoqchi. Biz u bilan shartnoma imzolashga harakat qilamiz"
22 iyu 16:38
Yangiliklar
Deku: "Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmoqchi. Biz u bilan shartnoma imzolashga harakat qilamiz"
"Barselona" sport direktori Deku klub "Atletik" bilan hujumchi Niko Uilyams transferi bo'yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
"Ha, Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmoqchi. Biz esa u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'ramiz. Niko ham boshqa futbolchilar kabi ["Barselona"da o'ynashga] katta xohish bildirmoqda. Agar hammasi joyida bo'lsa, albatta, bitimni rasmiylashtirishga harakat qilamiz", - dedi Deku.
Uilyams 2021 yildan beri "Atletik" sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar