De Xea MYU bilan shartnomasini hozircha uzaytirgani yo'q...
11 avg 2019 09:51
Yangiliklar
De Xea MYU bilan shartnomasini hozircha uzaytirgani yo'q...
Manbaning xabariga ko'ra, agar De Xea jamoasi bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo'lsa, u “Real” bilan kelishuvga erishishi mumkin. Qirollik klubi ushbu jarayonni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli posbon “qizil iblislar”ning yangi shartnoma borasidagi taklifiga ijobiy javob bergan. Yangi shartnoma 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar tuziladi va ispaniyalik posbonining yillik maoshi 20 million evroga etadi. U klubda Aleksis Sanchesdan keyin eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'ladi. Darvozabonlar orasida esa, yangi shartomaga ko'ra, De Xea dunyoning eng ko'p haq oladigan posboniga aylanadi.
De Xea 2011 yilning yozida “Atletiko”dan MYUga ko'chib o'tgandi. 2018/19 yilgi mavsumda u APLda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol o'tkazib yubordi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar