De Bryuyne FIFA va UEFAni tanqid qildi
06 sen 2024 19:30
Yangiliklar
De Bryuyne FIFA va UEFAni tanqid qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne zich futbol taqvimi haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yakunlaganimizda muammo paydo bo'ladi. Bilamizki, klublar o'rtasidagi JCH finali va Premer-liganing birinchi kuni o'rtasida bor-yo'g'i uch hafta vaqt bor.
Siz uch hafta dam olishingiz va yana 80 ta o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Balki bu yil hammasi yaxshi bo'lar, lekin keyingi yil muammolar chiqadi. Angliyadagi PFA (Professional futbolchilar associaciyasi – tahr.) va boshqa mamlakatlardagi futbolchilar associaciyalari muammoga echim topishga harakat qilishdi.
Muammo shundaki, UEFA va FIFA qo'shimcha o'yinlar o'tkazmoqda. Biz nimadir deyishga harakat qilyapmiz, ammo hech qanday echim topilmayapti. Ular parvo ham qilmaydi. Pul gapiradi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar