So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  3 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Davron Fayziev: "Yo'l qo'ygan xatolarimizda "Navbahor" muxlislarining ham o'rni bor" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Yo'l qo'ygan xatolarimizda "Navbahor" muxlislarining ham o'rni bor"

Coca-Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yin haqida nimalarni aytish mumkin? Vodiy derbisida mag'lub bo'ldik. Bundan oldingi derbida "Neftchi"ga yutqazgandik. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman.

O'yin haqida qisqacha aytadigan bo'lsam, o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. CHunki futbol xatolardan iborat. Kimdir xato qiladi va raqib bundan foydalanadi. Xato qilishimizda "Navbahor" muxlislarining ham o'rni bor. Qiziqarli va chiroyli o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa g'alaba uchun kurashdi. Xatolardan xulosa chiqaramiz va ishlashda davom etamiz. 

- Birinchi bo'limda tezkor o'yin ko'rsatgan Bilolxon Toshmirzaev nega zaxiraga olindi?

- Taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik. Biz birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik. SHu sababli ikkinchi taymda o'zgarishni amalga oshirib, oldingi chiziqda o'yinni kuchaytirishimiz kerak edi. Almashtirib bo'lmaydigan futbolchining o'zi yo'q, mag'lub bo'layotganda har bir murabbiy o'yinni o'zgartirishga harakat qiladi.

- Baxtiyor Ashurmatovning yo'qligi ham o'yinga tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Bosh murabbiyning o'rni muhim va o'yin davomida yaqqol sezildi. O'tgan turda "Olimpik" bilan o'tkazgan o'yinimizda ham bilingandi. Nasib bo'lsa, keyingi turda Baxtiyor Ashurmatov o'z o'rniga qaytadi. Xudo xohlasa "Navbahor" ham, biz ham o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarga bajarishga intilishda davom etamiz. 



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика