So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  3 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  3 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Davron Fayziev: "Hechdan ko'ra kech yaxshi deyishadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Hechdan ko'ra kech yaxshi deyishadi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hechdan ko'ra kech yaxshi deyishadi. Kuni kecha nishonlangan "Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni" bilan barcha jurnalistlarni tabriklayman. Hamisha ijoddan, futbol uchrashuvlarini bugungi kabi yoritib borishdan charchamanglar. O'yinga keladigan bo'lsak, qisqacha aytaman, ikki jamoaga ham 3 ochko juda zarur edi. 6 ochkolik o'yin bo'ldi. Ustunlik biz tomonida ekanini aytsam, tablodagi hisob durang natijani ko'rsatib turibdi. O'zimizni oqlashga urinmoqchi emasmiz, bu erda murabbiylar shtabidan xatolik bo'ldi. Bitta o'zgarish borasida bir oz kechikdik. Jangovor o'yin uchun ikki jamoaga ham rahmat aytaman. Alamlisi, 2 o'yindan buyon o'yin oxirida gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqarmoqdamiz. Futbol shunisi qiziq. Birinchi davra yakunini analiz qilsak, o'yinlarda bittadan ortiq gol ura olmayapmiz. 

- Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda Oybek Rustamov xatolikka yo'l qo'ydi. Sobiq himoyachi sifatida uning ushbu harakatini qanday baholaysiz?

- Bu erda to'pni tepib yuborish kerak edi xolos. Vaziyat burchak zarbasi bilan tugar edi xolos. Buni faqat Oybekni xatosi deb aytish noto'g'ri. Bu erda raqib hujumi tashkil etilayotgan vaziyatdan boshlab tahlil qilish kerak. Bu erda Oybekni yoki boshqa futbolchini aybdor qilmoqchi emasmiz. Futbolda bu kabi xolatlar uchrab turadi. Bu xolatdan o'zimiz chiqishimiz kerak. Oxirigacha bizga ishonib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat.

- Jamoada hujumchilar gol kiritish bo'yicha oqsashmoqda. Rejada hujumchilar tranfer maqsadi bormi?

- Juda katta rejalar bor. Faqat buning uchun imkoniyat ham etishi kerak. Biz ham hohlaymiz, masalan yaxshi hujumchi yoki markaziy himoyachi transferini. Oybek Rustamovni markaziy himoyada o'ynatishga majbur bo'layapmiz. Hozir hujumchi hammaga kerak. Iqtidorlarni aniqlash biz murabbiylarning vazifasi.

- Mo'minjon Melievning o'yini qovushayotgani yo'q. Boshlang'ich tarkibda Anvar Hojimirzaevni tushirish mumkinmidi?

- Hozir sizni qarashingiz futbolga muxlis sifatida. Biz murabbiylar boshqacharoq ko'ramiz. Meliev o'yinlar davomida katta hajmli ish bajarmoqda. Raqib jamoaga bosim o'tkazishda u yaxshi ishlamoqda. Raqib himoyasida baland bo'yli himoyachilar borligi uchun ham Melievni tushirdik. Alamli 2 ochko yo'qotdik. Hech kim g'alabaga erishmadi va natijadan xursand bo'layotgan jamoa yo'q. Tarkibdan ketgan futbolchilarni o'rni ko'ngildagidek to'ldirilmadi. Biron futbolchini aybdor sanamoqchi emasmiz. Natija qoniqarsiz bo'lsa bunga murabbiylar javob beradi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика