So’nggi yangiliklar

13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0

Davron Fayziev: "Faqat o'ynamagan futbolchi xato qilmasligi mumkin" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Faqat o'ynamagan futbolchi xato qilmasligi mumkin"

Superliganing 16-turid doirasida o'tkazilgan “Sug'diyona” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar murabbiyi Davron Fayziev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"O'yin borasida nima deyishim mumkin. "Sug'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi o'yindirki, darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan keyin futbolchilar ruhiy tushkunlikka tushub qolishmoqda. Bu holat safarda "Buxoro" bilan o'yindan so'ng paydo bo'ldi. Yigitlarga tushuntirgan edik, qizil kartochka esa yanada qo'shimcha kuch bilan o'ynashimizga majbur qildi. Bosh murabbiy Baxtiyor Azamovich betobligi sababli bugun o'yinda ishtirok eta olmadi. "Sug'diyona" bilan o'yinga taktika, tarkibni murabbiylar shtabi maslahatlashgan holatda birgalikda  Baxtiyor Azamovich bilan telefonlashib tuzib chiqdik. O'ylagan rejalarimiz natija bermadiim demak biz tanlagan yo'l noto'g'ri bo'lib chiqadi. 

Ikkinchi davra boshlangan. Yigitlarga tushuntiryapmiz. Yuqori o'rinlarni egallashni o'ylasak, yaxshi natijalarni qayd etishimiz lozim, javobgarlikni bo'yinimizga olishimiz kerak.Futbolchilarni bunday holatdan olib chiqish haqida o'ylayapmiz. Bugun o'n kishi bo'lib qolgan bo'lsak ham yomon o'ynamadik, himoyaga yotib olmadik, hujum qildik. Lekin futbolda natija bo'lmasa qiyin. Yigitlarga rahmat aytgan holda “Bunyodkor”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

Agar etibor bergan bo'lsangiz, “Buxoro” bilan bo'lgan bahsda ikkinchi gol, “Metallurg”ga qarshi o'yinda birinchi gol va bugungi gollarda ham himoyada xatoga yo'l qo'yildi. Demak, buning ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Birinchi davrada yuqori darajada o'ynagandik. Faqat himoyachilarni ayblash noo'rin. Mag'lubiyatda barcha aybdor. Biz murabbiylar ham. Xatolar ustida ishlaymiz. Futbol xatolardan iborat, xato bilan xatoni farqi bor. 

Bosh murabbiymizning qachon tuzalishini bilmaymiz. Jamoamiz. shifokori bu savolga javob beradi.

Elementlar xatolar futbolchilar mahorati bilan bog'liq deb o'ylayman. Elementlar xatoga maydonni ayblab bo'lmaydi. Yutishni istagan jamoa to'g'ri pas berishni bilishi, oldinga pas berishni o'rganishi lozim. Maydon bahona qilsam bo'lmaydi. Buni mahorat bilan bog'lash mumkin. Futbolchilarni narxini solishtiradigan bo'lsak, "Sug'diyona" bizdan ustun. Faqat o'ynamagan futbolchi xato qilmaydi. Mahorat yillar davomida keladi. Ishlash kerak. Hamma inson xato qiladi",- deydi Davron Fayziev.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика