So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Davron Fayziev: "Bugun bizga omad kulib boqdi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun bizga omad kulib boqdi"

"Neftchi" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.
- Avvalambor kecha bo'lib o'tgan ustozlar bayrami va yaqinlashib kelayotgan hayit bayrami munosabati bilan barchani tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bugun omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman. "Neftchi"ni qanday o'yin ko'rsatishini bilardik. SHu bois qisqa fursat ichida bu jamoaga qarshi shunga monand tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolda ko'p narsa omadga bog'liq. Hozir har bir ochko biz uchun oltinga teng. Bugun oz miqdorda bo'lsa ham oldimizga qo'yilgan rejamizga erishdik. O'zinglar guvohi bo'ldinglar bahs juda ham qiziqarli va jangovor ruh ostida o'tdi. Ikkala jamoa ham g'oliblikka munosib edi. Bu  futbol. Unda har narsa bo'lishi mumkin, - deb gap boshladi Fayziev.

- Bugun jamoangiz ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishladimi?
- Bu savolingizga hozir aniq bir nima deya olmayman. Buni mavsum yakuni ko'rsatadi. Agarda oliy ligada qolish uchun ochkolarimiz etarli bo'lsa bir ochko ishlagan bo'lamiz. Lekin biz Farg'onaga uch ochko olish maqsadida kelgandik. Agarda uchrashuv boshida yaratilgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olganimizda o'ylaymanki, hisob bundanda yirikroq ko'rinish olardi. CHunki "Neftchi" jamoasi ham istaysizmi yo'qmi baribir hujumga o'tardi.

-  Elitada qolish uchun kurashni davom  ettiramiz. Oldinda bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Bugun "Buxoro" - "Qizilqum" o'yini qanday natija bilan yakunlanishini ham kutamiz.

- Durang men uchun syurpriz bo'ldi deya olmayman. CHunki bugun yutqazmasligimizga ishongandim. Buni yigitlarni o'yinga tayyorlash chog'ida ham uqtirgandim.
 
- Agarda etibor bergan bo'lsangiz oxirgi ikki yilda "Neftchi"ga yutqazmayapmiz. Men boshchiligimda bu jamoaga qarshi 6ta o'yin o'tkazgan bo'lsak, yutqazmadik. Esimni taniganimdan beri, "So'g'diyona" Farg'onadan oldin g'alaba yoki durang bilan qaytmagandi. Albatta bu men uchun ijobiy natijadir.

- "Neftchi"ni o'yiniga, umuman, raqib jamoalar o'yiniga baho bera olmayman. Negaki bu erda ham murabbiylar ishlamoqda. Men faqat o'z jamoam haqida gapirishim mumkin, - deydi Davron Oripovich.


Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика