Dani Alves: "So'zlarimga o'zgartirish kiritmoqchiman: Bazi OAV futbolga hech nima bermaydi"
10 jan 2016 14:06
Yangiliklar
Dani Alves: "So'zlarimga o'zgartirish kiritmoqchiman: Bazi OAV futbolga hech nima bermaydi"
"Barselona" himoyachisi Dani Alves oldinroq OAV haqida aytgan so'zlariga o'zgartirish kiritdi. Ikki kun oldin futbolchi ispan matbuotini "axlat" deb atagan edi.
"Boshqa so'zni ishlatishim kerak edi, ammo hozir ham fikrimni o'zgartirganim yo'q. Bazi OAV shunchalik past darajaliki, ular futbolga hech narsa bermaydi. Men umumlashtirayotganim yo'q, shunchaki so'zlarimga o'zgartirish kiritdim. Gaplarim sudlashmoqchi bo'lganlarga tegishli.
"Barselona" poziciyasini menikidan farq qilsada, ularnikini hurmat qilaman. Kasbimiz juda xavfli, agar biz futbol haqida gapirishdan to'xtasak, o'zimizga jabr qilamiz. Keling faqat futbol borasida suhbatlashamiz" - deydi Alves.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar