So’nggi yangiliklar

09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  1 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  4 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  11 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0

Coca Cola Superliga jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? 2-QISM Yangiliklar

Coca Cola Superliga jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? 2-QISM

Coca Cola Superligas jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? (2-QISM)

8. Bunyodkor

Bir vaqtlar Osiyoning eng qimmat jamoalaridan hisoblangan “Bunyodkor” ayni vaqtda O'zbekistonda sakkizinchi o'rinda ketmoqda. Toshkent jamoasining umumiy narxi 4.6 million evroga baholanmoqda. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Milan Marchich hisoblanadi. Yozda jamoaga kelib qo'shilgan serbiyalik futbolchining transfer narxi 500 ming evroga baholanmoqda.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. Milan Marchich — 500 ming evro

2. Aleksey Nosko — 400 ming evro

3. Igor Ivanovich, SHoxruh Abdurahmonov — 350 ming evro

9. Metallurg

Bekobod klubining ayni vaqtdagi transfer narxi 4,53 million evroga baholanmoqda. Jamoaning eng qimmat futbolchisi SHahzodbek G'ofurbekov hisoblanadi. Uning transfer narxi 400 ming evro. Eng qimmat legioner esa Kerim Palich hisoblanadi. Bosniyalikning transfer summasi 300 ming evro.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. SHahzodbek G'ofurbekov — 400 ming evro

2. Kerim Palich, Bektemir Abdumannonov, Muhammadaziz Ibrohimov, Xusniddin G'ofurov, Abror Toshqo'ziev, SHazod Ubaydullaev — 300 ming evro

10. So'g'diyona

Transfermarkt sayti Jizzax viloyatining bosh jamoasining narxini 4.34 million evroga baholanmoqda. Klubning eng qimmat futbolchisi makedoniyalik legioneri Lyupcho Doriev hisoblanadi. Uning transfermarktdagi narxi 600 ming evro qilib belgilangan. Eng qimmat mahalliy futbolchi esa Javohir Qahramonov hisoblanadi. 27 yoshli vingerning narxi 500 ming evro.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. Lyupcho Doriev — 600 ming evro

2. Javohir Qahramonov — 500 ming evro

3. Sanjar SHoahmedov, Marko Kolakovich — 350 ming evro

4. Zenan Zaymovich — 325 ming evro



11. Andijon

Superliganing ettinchi o'rinida ketayotgan “Andijon” transfermarktdagi narxi bo'yicha 11-o'rinda ketmoqda. Jamoaning umumiy narxi 3,83 million evro. Klubning eng qimmat o'yinchisi esa so'zsiz Rubin Hebay hisoblanadi. Albaniyalik hujumchining transfer narxi 450 ming evro etib belgilangan.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. Rubin Xebay — 450 ming evro

2. Sardorbek Azimov, Farxod Sobhibjonov, Muhammadkarim Toirov — 250 ming evro

3. Armin Boshnyak — 225 ming evro

12. Buxoro

Turnir jadvalidagi o'rni bilan transfermarktdagi o'rni bir xil bo'lib turgan yagona jamoa “Buxoro” hisoblanadi. Klubning umumiy narxi 3,68 million evro. Buxoroliklarning narxi yozda 3 millionga ham etmas edi. Klubga SHohruz Norxonovning tashrifidan so'ng katta o'sishga erishdi. Klubning eng qimmat o'yinchisi ham aynan Norxonov hisoblanadi. Futbolchining transfer narxi ayni vaqtda 850 ming evro.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. SHoxruz Norxonov — 850 ming evro

2. Abbos Otaxonov — 300 ming evro

3. Luka Kukich, Farrux Ibrohimov, Dilshod Jo'raev — 200 ming evro

13. Qizilqum

Jamshid Saidov boshchiligidagi “Qizilqum” jamoasining transfermarktdagi umumiy narxi 3,3 million evro. Klubning eng qimmat futbolchisi so'zsiz navoiyliklarning etakchisi Islombek Kenjaboev hisoblanadi. 24 yoshli vingerning narxi ayni vaqtda 350 ming evroga baholanmoqda.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. Islombek Kenjaboev — 350 ming evro

2. Jo'rabek Mannonov, Nikolay Tarasov, Samandar SHukurillaev — 300 ming evro

3. Marko Simonovski — 275 ming evro.

14. Turon

Yaypanliklar yil boshida transfer narxi bo'yicha ancha tepada edilar. Biroq birinchi davraning so'nggida boshlangan voqealardan so'ng “Turon”ning asosiy futbolchilari jamoani tark etdi va ularning o'rniga asosan yoshlar kelishdi. Hozirda klub Superliganing eng arzon jamoasi hisoblanadi.Transfermarkt portalida klub 2.6 million evroga baholanmoqda. Jamoaning eng qimmat o'yinchisi esa Xurshid Muxtorov, SHohmalik Komilov va Xumoyun Murtozoev hisoblanadi. Barchasining transfer narxi 250 ming evro.

Jamoaning eng qimmat futbolchilari

1. Xurshid Muxtorov, SHohmalik Komilov va Xumoyun Murtozoev — 250 ming evro

2. Abdulazizxon Abdurashidov, Abdulg'ani Kamolov — 200 ming evro

3. Azam Aliev — 175 ming evro



Coca Cola Superligasining jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? 1-QISM

Transfermarkt sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика