So’nggi yangiliklar

20:59"Ал Файҳа" — "Ал Ухдуд". Таркиблар маълум  1 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:40Суперлига. "Шўртан" – "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  0 20:30Англия кубоги. "Кристал Пэлас" ва "Ман Сити" финалда ўзаро тўқнаш келмоқда, Ҳусанов захирада (онлайн ҳисоб)  22 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  20 19:58ОПЛ. "Сумқайит" ўз уйида мағлуб бўлди, "Сабаҳ" меҳмонда дуранг ўйнади  0 18:57Суперлига. "Қўқон-1912" - "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  16 18:17"Ливерпуль" ва "Арсенал"га 65-70 млн фунтлик ўйинчи қизиқ  1 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  3 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  2 15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  5 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  5

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" 2016 yildan buyon ilk bor o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" 2016 yildan buyon ilk bor o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etdi

Teglar :  AndijonNavbahor
Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Navbahor" - "Andijon" - 1:0
14 aprel 2023 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Akobirxo'ja SHukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Doston Mirzaraimov.
VAR: Ilgiz Tantashev.
AVAR: Andrey Capenko.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

Gol: Temurxo'ja Abduholiqov 66, - 1:0.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov, 21.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.SHahboz Jo'rabekov, 77.Asadbek Sobirjonov (11.SHohruz Norxonov, 52).
Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 9.Farruh Ikromov, 20.Muzaffar Mo'minov, 31.Luka CHermel, 33.SHodiyor SHodiboev, 55.Asad Jo'raboev, 88.Ozodbek O'ktamov, 98.Davronbek Olimjonov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 14.Abdurahmon Komilov, 4.Dilshod Komilov (15.Vladimir Bubanya, 77), 5.Abduvohid G'ulomov, 21.Ildar Mamatkazin, 8.Farhod Bekmurotov (19.Suhrob Berdiev, 77), 26.Muhammadkarim Toirov, 17.Farhod Sohibjonov (23.SHerzod Esanov, 83), 11.Sardor Abdunabiev (13.Sardor Azimov, 46), 10.Ilhomjon Abdug'aniev (9.Levan Arveladze, 67), 99.Rubin Xebay.
Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 7.Boburbek Farhodov, 66.Ilhomjon Alijonov, 91.Atham Nazarov.

Ogohlantirishlar: Abdulvohid G'ulomov 54, Temurxo'ja Abduholiqov 72, Igor Golban 75,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+6. O'YIN TUGADI, "Navbahor" - "Andijon" 1:0. "Lochinlar" so'nggi bor Namanganda "Andijon"ni 2016 yilgi mavsumda mag'lub etishgandi.

90. O'yinga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi

89. "Andijon" hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga bormoqda, "Navbahor" himoyalanmoqda

85. ZARBA! O'ng qanotdan havodan uzatilgan to'pni SHerzod Esanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

83. O'zgarish. "Andijon". Sohibjonov o'rniga Esanov tushdi

77. O'zgarishlar. "Andijon". Dilshod Komilov va Farxod Bekmurotov o'rniga maydonga Vladimir Bubanya va Suhrob Berdiev tushdi.

75. Ogohlantirish. "Navbahor". Igor Golban

72. Ogohlantirish. "Navbahor". Temurxo'ja Abduholiqov

67. O'zgarish. "Andijon". Ilhom Abdug'aniev o'rniga maydonga Levan Arveladze tushdi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Oston O'runov raqib jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, Litovkaning qaytargan to'pini Temurxo'ja Abduholiqov darvozaga yo'lladi!

57. Jamshid Iskanderovning uzoqdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni andijonliklar darvozaboni Igor Litovka qaytardi. Qaytgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Lekin uning zarbasidan keyin ham Litovka to'pni qaytardi. AJOYIB SEYV! Abduxoliqovning ikkinchi zarbasidan keyin esa to'pni ushlab oldi.

54. Ogohlantirish. "Andijon". Abdulvohid G'ulomov

53. ZARBA! Zaxiradan maydonga tushganiga hech qancha vaqt bo'lmagan SHohruz Norxonovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

52. O'zgarish. "Navbahor". Asadbek Sobirjonov o'rniga SHohruz Norxonov maydonga tushdi.

47. ZARBA! Asadbek Sobirjonovning darvozadan 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Andijon". Sardor Abdunabiev o'rniga Sardorbek Azimov maydonga tushdi.


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. Abror Ismoilov va Abduvohid G'ulomov janjallashib qolishdi, bosh hakam barchasini joyiga qo'ydi

38. ZARBA! Jamshid Boltaboevning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p "Andijon" futbolchilaridan biriga tegib, maydonni tark etdi.

30. "Andijon" o'z uslbiga monand himoyaviy o'yin namoyish qilmoqda, "Navbahor" bu himoyani buzib o'tishga urinmoqda

20. O'yin ko'proq maydon markazida kechmoqda.

13. UXXX! Burchak to'pidan keyin Ibrohim Yo'ldoshev zarba berdi, noaniq

12. ZARBA! Jo'rabekovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi 

11. "Navbahor" xavfli jarima to'piga ega bo'ldi! Sobirjonovni Abdug'aniev yiqitdi. Darvozagacha 25 metr bor 

6. Dastlabki daqiqalarda biroz tashabbus "Navbahor" tomonida, ammo golga tortadigan xavfli hujumlar yo'q

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика