So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p penaltini qaysi jamoa tepgan va qaysi jamoa darvozasiga eng ko'p 11 metrli jarima zarbasi belgilangan? Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p penaltini qaysi jamoa tepgan va qaysi jamoa darvozasiga eng ko'p 11 metrli jarima zarbasi belgilangan?

Birinchi davra ko'rsatkichlarini sarhisob qilamiz.

Yarim mavsum davomida hakam tomonidan jami 42 marotaba 11 metrli jarima zarbasi belgilangan. Ulardan 34 tasi golga aylangan. 8 ta zarba esa standart amalga oshirayotgan futbolchining boshini changallashiga sabab bo'lgan. Bazi holatlarda esa penalti tegayotgan jamoa futbolchilari raqib posbonidan qaytgan to'pni darvoza kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Birinchi davrada eng ko'p "Navbahor" foydasiga (5 ta) penalti belgilangan. Namanganliklar ularning 3 tasiniga golga aylantira olishgan. Bu borada eng kam omadi kulgan jamoa "So'g'diyona" hisoblanib, ular atigi 1 marotaba lotoreyaga ega bo'lgan, biroq Javohir Qahramonov "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qila olmagan.

"Paxtakor" va "Qizilqum" darvozasiga esa hakam tomonidan eng ko'p penalti belgilangan — 7 tadan. Navoiyliklar darvozasiga tepilgan standartlarning 5 tasi golga aylangan bo'lsa, poytaxtliklar tomon yo'llangan zarbalarning atigi 4 tasi darvoza to'ridan joy egallagan. SHunigdek, "Bunyodkor" darvozasi tomon tepilgan 5 ta penaltining 2 tasigina golga aylangan.

Uchta jamoa — "Navbahor", "Olimpik" va "Buxoro" jarima maydonchasida hakam 11 metrli nuqtaga ishora qilmagan.

Penaltilarni samarali amalga oshirishda "Paxtakor" va "Neftchi" etakchi — ular (aniqrog'i, CHeran va Tabatadze) 4 ta jarima zarbasining barchasini aniq amalga oshirgan. 

O'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborish bo'yicha eng yomon ko'rsatkich esa "So'g'diyona"ga tegishli. Jizzaxliklar qo'riqchisi darvozasi tomon belgilangan 4 ta eng yaqin standartning birortasini qaytara olmagan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика