So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Coca Cola Superligasi. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan "Andijon" - "Nasaf" o'yinida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Ikkita qizil kartochka ko'rsatilgan "Andijon" - "Nasaf" o'yinida jangovar durang qayd etildi

Teglar :  NasafAndijon
Coca Cola Superligasining 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

"Andijon" — "Nasaf" 0:0

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Olim To'ychiboev 

VAR hakami: Ibrohim Ismoilov 

AVAR: SHohrux Azamov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmuratov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev (14.Abdurahmon Komilov 64'), 11.Sardor Abdunabiev (27. Saidumarxon Sodiqov 84'), 13. Sardor Azimov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijonov, 99.Rubin Hebay.

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 7. Bobur Farhodov, 9.Levan Arveladze, 15. Vladimir Bubaniya, 19.Suhrob Berdiev, 22. SHahboz Erkinov, 90. Ibrohim G'anixonov.

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy (88. Marko Stanoevich 82'), 19. Lima Kruz, 28. SHuhrat Muhammadiev (10. Andres CHaves 73'), 34. SHerzod Nasrullaev (17. Suhrob Nurulloev 90+3'), 70. Jaba Jigauri, 77. Oybek Bozorov (8. Zafarmurod Abdirahmatov 73'), 92. Umar Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov (18. Bahrom Abdurahimov 73').

Zaxira: 35. Abduvohid Nematov, 21. Doniyorjon Narzullaev, 25. Bekjon Rahmatov, 32. Zafar Hakimov.

Ogohlantirish: Jaba Jigauri 78'

CHetlatish: Sardor Azimov 61', Jaba Jigauri 87' (ikkinchi sariq kartochka)

Andijon

Superliga. 14-tur

28/07/2023, 20:00

0
:
0
Tugadi

Nasaf

45'
90'
61'  Sardor Azimov
64'  Ilhom Abdug’aniev (Abdurahmon Komilov)
84'  Sardor Abdunabiev (Saidumar Sodiqov)
58'  Shuhrat Muhammadiyev
73'  Shuhrat Muhammadiyev (Zafarmurod Abdurahmatov)
73'  Azizbek Amonov (Andres CHaves)
73'  Oybek Bozorov (Bahrom Abdurahimov)
78'  Jambuli Jigauri
82'  Akmal Mozgovoy (Marko Stanoevich)
87'  Jambuli Jigauri
90'  SHerzod Nasrullaev (Sukhrob Nurulloyev)


90+7. O'yin yakunlandi!

90+6. CHaves havolatib uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq...

90. Uchrashuvga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88. Buyog'iga maydonda 10 ga 10! Ko'ramiz, yakuniy natija qanday bo'lar ekan...

87. Jaba Jigauriga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va o'yindan chetlatildi.

86. Maydonda "Andijon" va "Nasaf" futbolchilari tortishib ketmoqda.

85. Bahsning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda. Buyog'iga o'yin borgan sari "qizib boradi".

81. Abdurahimovning erlatib tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

78. Jaba Jigauri raqibga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

76. Lima havolatib uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo biroz noaniq bo'ldi.

73. "Nasaf" jamoasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi.

71. Water time

69. Ana endi "Nasaf" hujumlarda faollikni oshirmoqda. 

65. Bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsa-da maydon egalari faollik ko'rsatmoqda.

61. Sardor Azimovga qizil kartochka ko'rsatildi!

59. Hakam Sardor Azimovning Muhammadievga nisbatan ishlatgan holatini VARdan ko'rib chiqmoqda. 

58. Sardor Azimovga sariq kartochka ko'rsatildi.

53. Ikkinchi bo'limda andijonliklar faol. Jamoaning hujumi yakunlanmay qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Burchakdan uzatilgan to'pga Hebay boshi bilan zarba berdi, Umidjon Ergashevdan ajoyib seyv!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Nasaf"da juda zo'r vaziyat! Dastlab Nasrullaev qulay vaziyatdan gol urolmadi, qaytgan to'pga Oybek Bozorov berdi, uni ham Litovka qaytardi, keyin esa mezbon himoyachilar faollik qilib, to'pni tepib yuborishdi.

37. Gol hisobga olinmadi, uchraushuv o'z yo'nalishida davom etadi. 

37. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

35. Mehmonlardan juda xavfli hujum! Lima Kruz katta tezlikda oldinga o'tib to'pni darvozaga yo'lladi, to'p darvozaga kirdi, biroq hakam ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etilganini bildirdi. 

32. "Nasaf" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

26. Water time

24. "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi markazga ko'chdi, biroq bu vaziyatda mezbonlar himoyachisi Mamatkazin faol harakat qildi.

12. Toirovning uchinchi zarbasi!!! Bu safar to'p birozigan noaniq ketdi...

11. Toirovdan yana bir zarba! Darvoza tomon sapchib borgan to'pni Umidjon Ergashev arang qutqarib qoldi.

8. Navbat Muhammadkarim Toirovga: uning uzoqdan tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi. 

7. Jaba Jigaurining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

6. Bahsning o'tgan 5 daqiqasida mezbonlar ham, mehmonlar ham ancha faol. Muxlislar esa stadionni "yondirishmoqda".

1. O'yinga start berildi! Bahs o'z belgilangan vaqtidan 10 daqiqa kech boshlandi.

Maydonda davlat madhiyasi yangramoqda. 

Malumki, bugun Andijonda "Bobur" o'yingohi rekonstrukciyadan so'ng qayta ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi SHuhrat Abdurahmonov ishtirok ishtirok etib, so'zga chiqdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика