Coca Cola Superligasi. 5-turdan keyingi qiziqarli malumotlar
12 apr 2023 10:13
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. 5-turdan keyingi qiziqarli malumotlar
"Turon" — "Olimpik"
- Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi to'qnashuvda ham Timur Kapadze shogirdlarining qo'li baland keldi. Dastlabki bahs O'zbekiston kubogi doirasida bo'lgan va o'shanda ham "Olimpik" zafar quchgan;
- "Turon" joriy mavsumdagi 5-o'yinda ham g'alaba nashidasini sura olmadi;
- "Olimpik" mehmon sifatida Superliga doirasidagi so'nggi 7 o'yinning 6 tasida mag'lub bo'lmadi.

"Buxoro" — "Bunyodkor"
- "Buxoro" Superliga doirasida so'nggi 11 o'yindan beri o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda. Voha klubi so'nggi bor 2020 yilning oktyabrida "Metallurg"ga qarshi bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan;
- SHuningdek, Superliga doirasida buxoroliklar o'z maydonidagi 11 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa so'nggi bor 2020 yilning avgustida "Surxon"ni qabul qilib, 1:0 hisobida enggan;
- "Bunyodkor" Superliga doirasida safardagi oxirgi 10 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti, "qaldirg'ochlar" oxirgi marta o'tgan yilning avgustida "So'g'diyona"ga yutqazgan;
- "Bunyodkor" safardagi 4 uchrashuvdan beri o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda;
- "Bunyodkor" 2018 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi, o'sha mavsumda poytaxt klubi 6 o'yinda 5 g'alaba va 1 durang qayd etgandi;
- Igor Ivanovich o'tgan mavsum davomida "Dechich" klubi safida jami 2 ta gol urgandi, joriy mavsum esa toshkentliklar tarkibida 5 o'yinda gol-pas tizimida 2+2 natijani qayd etdi.

"So'g'diyona" — "Metallurg"
- "Metallurg" o'zaro so'nggi 5 uchrashuvdan buyon “So'g'diyona”dan gol o'tkazib yubormoqda;
- "So'g'diyona" o'z maydonidagi so'nggi 11 ta uchrashuvning 10 tasida "Metallurg"ga yutqazmadi;
- "So'g'diyona" o'z maydonidagi so'nggi 10 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti;
- "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 16 ta o'yinga etdi. Jizzaxliklar oxirgi bor 2022 yilning avgustida “Dinamo”ni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi;
- "Metallurg"ning mehmondagi g'alabasiz seriyasiga 4 taga etdi;
- Ibrohim Ibragimov so'nggi bor 2021 yilda Superliga bahsida gol urgan va o'sha bahs bekobodliklar safidagi debyutiga to'g'ri kelgan. Qiziq tomoni, yarim himoyachi 5 tur ichida yana sariq va qizil kartochka olishga ham ulgurdi.

"Andijon" — "Neftchi"
- "Neftchi" 2007 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi. O'sha yili farg'onaliklar ketma-ket 8 uchrashuvda g'alaba qozongandi, shunga qaramasdan yakunda vodiy klubi bor-yo'g'i 4-o'rin bilan kifoyalangan;
- "Neftchi" Superliga doirasida so'nggi 7 uchrashuvdan beri yutqazmayapti. Levchenko shogirdlari so'nggi bor 2022 yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy bergan; Farg'onaliklar so'nggi bor 2014-15 yilgi mavsumlar davomida ketma-ket 9 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan;
- Nurillo To'xtasinov o'tgan mavsum "Navbahor" tarkibida Superliga doirasida birorta gol urmagan, uning hisobida faqat yoshlar ligasi doirasida gol mavjud edi. Joriy mavsum farg'onaliklar safiga qo'shilgan To'xtasinov 5 uchrashuvda 3 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi, hatto 2 ta golli uzatma amalga oshirib, qizil kartochka olishga ham ulgurdi.
- "Neftchi" mehmon sifatida 4 uchrashuvdan beri g'alaba qozonmoqda va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda.
- "Andijon" Superliga doirasida mezbon sifatida 5 o'yindan beri g'alaba qozona olmapyati, "burgutlar" so'nggi bor 2021 yilning sentyabrida o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etgan.

OKMK — "Navbahor"
- OKMK Superliga doirasida ketma-ket o'nta uchrashuvdan beri raqiblar darvozasini ishg'ol qilmoqda;
- Akrom Komilov 5 o'yinda 2 ta assist muallifiga aylandi, himoyachi o'tgan yil mavsum davomida shuncha golli uzatma amalga oshirgandi;
- OKMK Superliga doirasida o'z maydonidagi 4 o'yindan beri kamida 2 ta gol urmoqda.

"Nasaf" — "Surxon"
- "Nasaf" chempionat doirasida 13-marta "Surxon"ni o'z maydonida mag'lub etdi;
- "Nasaf" chempionat miqyosidagi o'zaro 17 o'yindan beri "Surxon" darvozasiga kamida ikkita to'p kiritmoqda, o'tgan yilgi O'zbekiston kubogidagi qarama-qarshilikni ham hisoblasak, ushbu ko'rsatkich yana bittaga ortadi;
- "Surxon" Supreliga doirasida safardagi 4 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti;
- Asadbek Karimov “Surxon” safidagi hamda Superligadagi dastlabki golini urdi. Karimov aavalgi gollarini OKMK safida Yoshlar ligasida urgan;
- "Surxon" darvozasini ishg'ol qilgan SHerzod Nasrullaev Superliga doirasida so'nggi bor 2021 yil "Mashal" darvozasiga gol urgandi;

"Paxtakor" — "Qizilqum"
- "Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi 11 ta o'yindan beri g'alaba qozonmoqda, "Qizilqum" so'nggi bor 2017 yil o'z maydonida bir ochko qo'lga kiritgan;
- "Paxtakor" o'z maydonidagi 14 ta uchrashuvdan buyon "Qizilqum"ni mag'lub etmoqda;
- "Qizilqum" Superliga doirasida mehmondagi ketma-ket besh uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar