So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

Coca Cola Superligasi. 15-tur prevyusi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 15-tur prevyusi

Bugun tur o'yinlari start oladi.

"Metallurg" - "Navbahor"

Turnir jadvalidagi o'rni: 11-1

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 53

Mezbonlar g'alabasi: 13

Mehmonlar g'alabasi: 24

Durang: 16

To'plar nisbati: 51-77

Qiziqarli faktlar

"Metallurg" chempionat doirasida 6 o'yindan beri "Navbahor"ni mag'lub eta olmayapti.

"Metallurg" chempionat doirasida 4 o'yindan beri "Navbahor" darvozasini ishg'ol qila olmayapti.

"Metallurg" chempionat doirasida 8 o'yiindan beri darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda.

"Navbahor" chempionat doirasida 9 o'yindan beri yutqazmayapti.

"Andijon" - "Surxon"

Turnir jadvalidagi o'rni: 7-6

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 31

Mezbonlar g'alabasi: 16

Mehmonlar g'alabasi:10

Durang: 5

To'plar nisbati: 57-38

Qiziqarli faktlar

O'zaro so'nggi 5 ta o'yinning 4 tasida "Surxon" g'alaba qozongan.

"Andijon" chempionat doirasida "Surxon"ga qarshi mezbon sifatida oxirgi 12 o'yinning 11 tasida g'alaba qozongan.

"Andijon" chempionat doirasida 5 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti.

"Surxon" joriy mavsum chempionat doirasida safardagi o'yinlarda atigi bir marotaba g'alaba qozongan.

"Paxtakor" - "Neftchi"

Turnir jadvalidagi o'rni: 2-3

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 57

Mezbonlar g'alabasi: 28

Mehmonlar g'alabasi: 21

Durang: 8

To'plar nisbati: 96-68

Qiziqarli faktlar

O'zaro so'nggi 8 o'yinning 7 tasida "Paxtakor" yutqazmagan.

"Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi 11 ta o'yinning 10 tasida g'alaba qozongan.

"Paxtakor" chempionat doirasida ketma-ket 19 o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda, poytaxtliklar oxirgi marta o'tgan yilning oktyabrida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qila olmagandi.

"Paxtakor" chempionat doirasida 11 o'yindan beri yutqazmayapti.

"Neftchi" "Paxtakor" maydonida oxirgi marta 2016 yil g'alaba qozongan.

"Neftchi" chempionat doirasida 16 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti, farg'onaliklar so'nggi marta o'tgan yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

"Buxoro" - "Qizilqum"

Turnir jadvalidagi o'rni: 14-12

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 41

Mezbonlar g'alabasi: 16

Mehmonlar g'alabasi: 18

Durang: 7

To'plar nisbati: 46-55

Qiziqarli faktlar

CHempionat doirasidagi o'zaro so'nggi 5 o'yinda "Qizilqum" "Buxoro"ga yutqazmagan.

"Buxoro" chempionat doirasida o'z maydonidagi oxirgi 5 ta o'yinda "Qizilqum"ga mag'lub bo'lmagan.

CHempionat doirasidagi so'nggi 20 o'yinda tomoshabinlar kamida bitta gol guvoh bo'lishgan.

CHempionat doirasidagi so'nggi 10 ta o'yinda darvozalarga umumiy 2 tadan ko'p to'p kiritilmagan.

"Buxoro" chempionat doirasida so'nggi 6 o'yinda imkoniyatni boy bergan.

"Buxoro" chempionat doirasida so'nggi 13 o'yinning 12 tasida g'alaba qozona olmagan.

"Qizilqum" so'nggi 12 o'yinning atigi 1 tasida g'alaba qozongan.

"Qizilqum" chempionatda safardagi 7 o'yinning 6 tasida yutqazib, bitta durang o'ynagan. Ushbu bahslarda navoiyliklar raqiblari darvozasiga atigi bir marotaba yo'l topa olgan.

"Turon" - "Nasaf"

Turnir jadvalidagi o'rni: 13-4

CHempionat doirasidagi o'yinlar:3

Mezbonlar g'alabasi: 0

Mehmonlar g'alabasi: 3

Durang: 0

To'plar nisbati: 1-8

Qiziqarli faktlar

CHempionat doirasidagi o'zaro o'yinlarning barchasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan.

CHempionat doirasida "Turon" o'z maydonida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qila olmagan.

"Nasaf" chempionat doirasida so'nggi 12 o'yinning 11 tasida yutqazmagan.

"Nasaf" chempionat doirasida oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozona olmagan.

"Olimpik" - "So'g'diyona"

Turnir jadvalidagi o'rni: 10-8

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 3

Mezbonlar g'alabasi: 1

Mehmonlar g'alabasi: 0

Durang: 2

To'plar nisbati: 4-3

Qiziqarli faktlar

CHempionat doirasida o'zaro o'yinlarda "So'g'diyona" "Olimpik"ni mag'lub eta olmagan.

CHempionat doirasida "So'g'diyona" "Olimpik" maydonida raqib jamoa darvozasiga gol ura olmagan.

"Olimpik" chempionat doirasida 4 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

"Olimpik" chempionat doirasida o'z maydonidagi 7 o'yinning 6 tasida g'alaba qozona olmagan.

"Olimpik" chempionat doirasida oxirgi 11 ta o'yinda 1 tadan ko'p gol urmagan.

"Bunyodkor" - OKMK

Turnir jadvalidagi o'rni: 9-5

CHempionat doirasidagi o'yinlar: 31

Mezbonlar g'alabasi: 17

Mehmonlar g'alabasi: 7

Durang: 7

To'plar nisbati: 49-33

Qiziqarli faktlar

"Bunyodkor" chempionat doirasida o'z maydonidagi so'nggi 5 o'yinda OKMKni mag'lub eta olmagan.

CHempionat doirasida o'zaro so'nggi 8 o'yinning 7 tasida OKMK yutqazmagan.

"Bunyodkor" chempionat doirasida 9 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti.

"Bunyodkor" chempionat doirasida so'nggi 6 o'yinning 5 tasida yutqazgan.

"Bunyodkor" chempionat doirasida joriy mavsum o'z maydonida g'alaba qozonmagan.

Joriy mavsum OKMK ishtirokidagi barcha o'yinda tomoshabinlar gol ko'rishgan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика