So’nggi yangiliklar

09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  1 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  4 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  11 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0

Coca Cola Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazdi

Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

Coca Cola Superliga. 15-tur
QO'QON-1912 – METALLURG - 0:2
16 sentyabr 2020 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 17:00
Hakamlar:
Rahim Karimov, Timur Galeev, Daler Tilloev, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Zohid Akramov.

Gollar: Abrorbek Toshqo'ziev 48, - 0:1. SHahzodbek Ubaydullaev 75, - 0:2 (Doniyor Narzullaev).

"Qo'qon-1912": 1. Botirali Ergashev, 3. Bobirjon Akbarov, 7. SHohnazar Norbekov (4.Sobit Sindarov, 89), 9. Suhrob Berdiev (91.Yakuba Bamba, 81), 10. Quvondiq Ro'ziev, 15. Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov (13.Sardor Azimov, 81), 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Raevac (19.Hamidullo Abduhamidov, 55), 70. Murod Holmuhammedov.

Zaxira: 96.Islom Abdullaev, 5.Jasur Yoqubov, 14.Avaz Mamatxo'jaev, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Iqbol Malikjonov.

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev, 8.Salamat Qutiboev, 14.Abror Toshqo'ziev (36. Tulqin Ergashev, 79), 15.Zohid Abdullaev (10.SHaxboz Ubaydullaev, 65), 21.Kamoliddin Tojiev, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 43.Davron Anvarov (20.Xudoyshukur Sattorov, 65), 88.Evgeniy CHumak. 

Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 9.Mahmud Qudratullaev, 11.Murod Bobojonov, 22.SHahzod G'ofurbekov.

Ogohlantirishlar: Davron Anvarov 41, Kamoliddin Tojiev 45+1, Murod Xolmuhammedov 49,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



O'yin tugadi. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 0:2

90+4. ZARBA! Sindarovning tepgan to'pi jonli devorga tegib Lobanovning qo'llariga borib tushdi

90+2. Xavfli vaziyat! Abduhamidov yiqitildi, xavfli nuqta

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi

89. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Norbekovning o'rniga Sindarov maydonga tushdi

85. Norbekovning akrobatik tepgan to'pi ancha noaniq ketdi

84. ZARBAAAA! Bambaning zarbasini Lobanov ushlab oldi

81. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Berdiev hamda Merzlyakov o'z o'rinlarini Yakuba Bamba hamda Sardor Azimovga bo'shatib berishdi

79. O'zgarish. "Metallurg". Abror Toshqo'ziev o'rniga To'lqin Ergashev maydonga tushdi

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahzod Ubaydullaev 0:2. Doniyor Narzullaevning to'p uzatishidan keyin Ubaydullaev chiroyli gol urdi. 




69. ZARBAAA! Ivan Yosovichning boshi bilan bergan zarbasini Lobanov ushlab oldi

66. SHahzod Ubaydullaev qarshi hujumda darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqib ketdi. Botirali Ergashev mahorat ko'rsatdi!

65. O'zgarishlar. "Metallurg". Davron Anvarov hamda Zohid Abdullaev o'rniga Xudoyshukur Sattorov va SHahzodbek Ubaydullaev maydonga tushishdi

63. Norbekov yana yiqitildi, xakam bu safar penalti yo'q deb topdi

62. ZARBA! Bu safar Xasanovdan darvoza tomon zarba ko'rdik, biroz noaniq bo'ldi

55. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Rayevac o'rniga Abduhamidov tushdi

49. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Murod Xolmuhammedov

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abrorbek Toshqo'ziev raqib jarima maydoni ichidagi pala partishlikdan keyin gol urdi - 0:1. 



46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45+2. ZARBAA! Murod Xolmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

45+1. Ogohlantirish. "Metallurg". Kamoliddin Tojiev

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. Ogohlantirish. "Metallurg". Davron Anvarov

38. ZARBA! Muhammadanas Hasanov zarba bera olmadi!

35. ZARBA! Zohid Abdullaev olis masofadan zarba berdi, noaniq

30. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Merzlyakov uzatgan to'pni Norbekov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! 

22. Mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi, uzatilgan to'pni himoyachilarni qaytarishdi

11. Qo'qonliklar darvozasi tomon ketma-ket zarbalar, avvaliga himoyachi, keyin darvozabon qaytardi.

8. ZARBAAAA! Muhammadanas Hasanovning jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda yo'llagan zarbasini Lobanov qiyinchilik bilan qaytardi! Seyv!

3. Uchrashuvni mezbonlar ketma-ket hujumlar bilan boshlashdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика