So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" o'z maydonida OKMK bilan nursiz durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" o'z maydonida OKMK bilan nursiz durang o'ynadi

Teglar :  NavbahorOKMK
Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi, 18-tur
NAVBAHOR – OKMK 0:0
30 avgust, chorshanba, 18:45
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Doston Mirzaraimov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Akmal Rahimov
Nazoratchi: Konstantin Sviridov
Komissar: Oybek Yunusov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 10.Jamshid Iskanderov (8.Jasur Yaxshiboev, 80), 14.Jamshid Boltaboev, 19.Doniyor Abdumannopov (21.Temirxo'ja Abduxoliqov, 75), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 31.Luka CHermel, 77.Asadbek Sobirjonov (7.Oston O'runov, 56), 91.Toma Tabatadze.
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 17.Abror Ismoilov, 20.Muzaffar Mo'minov, 27.SHahboz Jo'rabekov.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akramjon Komilov (10.Xurshid G'iyosov, 76), 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches, 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 88), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 76), 88.Siyavash Xaqnazariy (4.Mirjamol Qosimov, 90+2).
Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 19.Muhammadanas Hasanov, 29.Vitaliy Denisov, 34.Ulug'bek Sunnatov.

Ogohlantirish: Islom To'xtaxo'jaev (56), Akrom Komilov (68), Anzur Ismoilov (90+4)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Tursunov o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.

83. O'runovning jarima zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi, qayta zarbadan so'ng burchak to'pi ishlandi.

81. Mezbonlar uchun raqib jarima maydoni yaqinida qulay standart vaziyat yuzaga keldi.

79. Tabatadzening zarbasini Ergashev qaytardi, burchak zarbasi.

76. OKMKda ham ikki o'zgarish ro'y berdi.

75. "Navbahor"da o'zgarish: Temirxo'ja Abduxoliqov Doniyor Abdumannopovni almashtirdi.

71. O'runovdan galdagi zarba, bu safar noaniq.

70. Yana Oston, yana zarba, yana Ergashev.

68. Komilov Abdumannopovni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

66. O'runovning yana bir urinishidan so'ng yana OKMK posboni ishonchli harakat qildi.

64. O'runov oyog'ini qayirib olgandi. U bir muddat tibbiy yordam olgach, yana maydonga qaytdi.

60. O'runovning zarbasini Ergashev qaytardi.

59. Siavash raqib posbonining oldinga chiqib ketganidan foydalanib qolmoqchi bo'ldi, ammo urinishi o'xshamadi.

56. To'xtaxo'jaev raqib hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

52. Yusupov yana bir marotaba jamoasi joniga oro kirdi.

47. Siyavashning zarbasini Yusupov egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Ergashev Tabatadze bilan birga-bir vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi.

43. Abdumannopov qarshi hujumda mehmonlarni jazolashi mumkin edi, Ergashev mahoratini namoyish etdi.

40. Iskanderovning jarimadan uzatmasini Ergashev urib yubordi.

36. Hoshimov Siavashga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

34. Siavash–Komilov kombinaciyasini raqib jamoa himoyachilari bartaraf etdi.

30. Boake hujumda qo'pollik ishlatdi.

27. Yusupov Boakening bosh bilan yo'llagan zarbasini qiyinchilik bilan qaytardi.

24. Sardor Rahmonovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

22. Iskanderovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi, shu bois mehmonlar posboni to'pni egallashda qiyinchilikka duch kelmadi.

14. Tursunovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

13. Boake Yusupovga bosim o'tkazdi. Mezbonlar posboni ikkinchi marta qaltis o'yin namoyish etdi.

11. Boltaboevni biryo'la uch nafar OKMK futbolchisi to'xtatib qoldi. Jarima zarbasi belgilandi.

8. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Iskanderovning uzatmasidan so'ng Ergashev to'ni egallab oldi.

6. Xavfli vaziyat! Gadoevning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng Yusupov jamoasini goldan qutqarib qoldi.

5. "Navbahor" himoyachilari oddiy vaziyatda to'p yuqotdi. Dastlabki daqiqalarda mehmonlarning shijoati yuqori.

4. Siyavash Gadoevning biroz avvalgi harakatini takrorladi.

3. Gadoevning chap qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

2. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo hujumda fol qayd etildi. Sanches to'pni qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика