So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  3 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  12 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" (матнли трансляция)  11 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  7 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Coca Cola O'zbekiston kubogi. AGMK uchinchi yarim finalchiga aylandi Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston kubogi. AGMK uchinchi yarim finalchiga aylandi

Coca Cola O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Andijon" – AGMK uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

3 sentyabr, shanba

"Andijon" – AGMK 0:2

Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 17:00

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Sanjar Tursunov, 21 (0:1), SHohruh Gadoev, 78 (0:2)

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 9.Bogdan Milich, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farxodjon Sohibjonov, 20.Milochko Goron, 21.Ildar Mamatkazin (s), 22.SHahboz Erkinov, 26.Muhammadkarim Toirov, 29.Suhrob Berdiev

Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 3.Azamat Isroilov, 7.Izzatillo Abdulhaqov, 8.Ahror Inoyatov, 11.Zafar Polvonov, 19.Malikshoh Rasulov, 66.Ilhom Alijonov, 77.Ahmadjon Anvarov, 99.Ibrohim Muxtorov

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akram Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Giorgi Papava, 17.Sanjar Tursunov (s), 88.Siyavash Haqnazari, 99.Mirjahon Mirahmadov

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Dan Spataru, 13.Eldor Begimov, 16.Artyom Filiposyan, 19.Muhammadanas Hasanov, 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake, 63.Alisher Jalilov

Ogohlantirishlar: Ildar Mamatkazin (25), Mirjahon Mirahmadov (50)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! AGMK "Andijon"ni mag'lub etib, turnirning uchinchi yarim finalchisiga aylandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. AGMKda yana ikki o'zgarish: Artyom Filiposyan Sanjar Tursunov o'rniga, Dan Spataru Xurshid G'iyosov o'rniga maydonga tushirildi.

86. ZARBA! Mezbonlardan omad yana yuz o'girdi.

81. Mezbonlarning hujumlari susaydi.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! G'iyosovning ajoyib uzatmasini Gadoevga darvozaga aniq to'g'rilab qo'ydi!

74. Zafar Polvonov Soibjonov o'rniga maydonga tushirildi.

74. Sohibjonov Tursunov kabi zarba yo'llashga harakat qilib, hali uning uchun ancha shug'ullanishi kerakligi oydin bo'lib qoldi.

72. Gadoevning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

69. AGMK tarkibida ikki o'zgarish: SHohruh Gadoev Siyavash Haqnazarini, Martin Boake esa Mirjahon Mirahmadovni almashtirdi

69. Erkinov yana bir hujumni ko'kka sovurdi.

65. Mamatkazin kutilmagan zarba yo'llab, Ergashevni shoshirib qo'ydi.

62. Ergashev! Erkinovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini mehmonlar posboni egallab oldi.

60. ZARBA! Ergashevdan superseyv! Sohibjonov raqib jarima maydonidagi palapartishlidkan foydalanib, kuchli zarba yo'lladi, AGMK posboni rahmat eshitadigan harakat ijro etdi.

58. Mezbonlarning yana bir hujumini Ergashev chippakka chiqardi.

55. Burchakdan uzatilgan to'p Tursunovning qo'liga tekkandek ko'rindi, hakam esa qoida buzilmagan deb hisobladi.

53. Yon qanotdan uzatmadan so'ng andijonliklar hakamdan penalti so'ramoqda, ularning nazdida to'p raqib futbolchisining qo'liga tekkan.

52. "Andijon" futbolchisining burchakdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. Mirahmadov raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

48. AGMK burchak to'pi ishlab oldi. Tursunovning uzatmasini raqib futbolchisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qarma-qarshi qanotdan Komilovning uzatmasi esa noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Jamoalar maydonga qaytdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakamlarni muxlislar mashhur marsh ostida tanaffusga kuzatib qo'ishdi.

44. Erkinov gol urdi, biroq hakam ofsayd deb topdi.

43. G'ulomovning standartdan uzatgan to'piga Mamatkazin eta olmadi.

40. Andijonliklar dastlab penalti, so'ngra burchak to'pi talab qilishdi, biroq hakam ikkalasini ham rad etdi.

38. Tursunovdan yana bir zarba, Adhamov ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

36. ZARBA! Olmaliqliklar burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi, Komilov esa darvoza to'sinini nishonga oldi.

32. Mezbonlarning orqa chiziq vakillari qanotdan sheriklarini oldinga boshlamoqda, ammo olmaliqlik himoyachilar ildamroq harakat qilmoqda.

29. Komilov to'pni qaytarishda sirpanib ketdi, andijonliklarning hujumi natijasida esa jamoa forvardi zarba bera olmadi.

25. Mamatkazin qoida buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. Bu vaziyatda Tursunov jabrdiydaga aylandi.

21. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Uchrashuvda hisob ochildi! Standart vaziyatdan Sanjar Tursunov unumli foydalandi!


20. O'yin tempi pasaydi.

17. Ahmadalievga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlar hakamning qaroridan norozi.

13. Rahmonov yana o'zining jaydari qiliqlarini boshladi. Hakam Berdievga nisbatan qo'pol o'yini uchun birinchi gal uni kechirdi.

12. Tursunov hayajondan o'zini bosolmayapti, bir necha daqiqa ichida u ikki marta to'pni yo'qotdi.

11. Qayoqqa qarama, Erkinov! SHahboz bu safar ikki-uch raqibi orasidan qochib ketayotganda to'xtatib qolindi.

9. Erkinov shijoati yuqoriligidan raqibiga qanday qo'pollik ishlatganini ham sezmay qoldi.

8. "Andijon" futbolchilarining dastlabki daqiqalardagi o'yinidan ularni Pro liga jamoasi deb o'ylash qiyin.

6. Abdurahmon Komilovning zarbasi Ergashevni dovdiratib qo'ydi.

3. ZARBA! Erkinov burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'yishiga bir bahya qoli.

3. Rahmonov andijonliklarning dastlabki hujumini yo'qqa chiqardi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Uchrashuvga mezbonlar ko'tarinki kayfiyatda, fidoyi muxlislari boshchiligida etib kelishdi.

Bugun "burgutlar" o'zlarining "qora anana"sini yo'qqa chiqarishga urinib ko'radi.

Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari! Bugun muxlislik qilishda fan doktorligiga nomzodlik qila oladigan vodiyda, Andijondagi "Bobur arena"da O'zbekiston Coca Cola kubogining chorak finalidan o'rin olgan uchrashuv guvohiga aylanamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика