So’nggi yangiliklar

00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  0 23:45Миллатлар лигаси. Испания, Польша ва Португалия жамоалари иштирокида ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  3 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  2 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  4 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  13

Coca Cola O'zbekiston Kubogi. Ekstra-taymlargacha davom etgan o'yinda AGMK "Metallurg"ni mag'lub etdi va endi chorak finalda Andijonga safar qiladi Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston Kubogi. Ekstra-taymlargacha davom etgan o'yinda AGMK "Metallurg"ni mag'lub etdi va endi chorak finalda Andijonga safar qiladi

Coca Cola O'zbekiston Kubogining nimchorak finali doirasidagi AGMK - "Metallurg" uchrashuvi yakuniga etdi.

O'zbekiston kubogi, nimchorak final

AGMK — METALLURG 3:1  
25 avgust 2022 yil. Olmaliq, "OKMK" SM. 19:00

Gollar: Sanjar Tursunov 83', Akram Komilov 95', Mirjahon Mirahmadov (Alisher Jalilov) 114' – Bektemir Abdumannonov 75'
Hakamlar: Vadim Agishev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Ro'zim Davletmuradov
Komissar: SHerzod Rajabov.

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov (9.Dan Spataru, 81), 4.Mirjamol Qosimov (8.Abdulla Abdullaev, 74), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 15.Giorgi Papava, 16.Artyom Filiposyan, 17.Sanjar Tursunov (5.Anzur Ismoilov, 103), 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake (99.Mirjahon Mirahmadov, 70), 88.Siyavash Haqnazari (63.Alisher Jalilov, 81).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 2.Akram Komilov, 13.Eldor Begimov, 19.Muhammadanas Hasanov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 4.Kerim Palich, 7.Boburbek Farhodov (9.Zabihillo O'rinboev, 58), 10.Bektemir Abdumannonov (25.SHahzodjon Nematjonov, 78), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 18.Anvarjon G'ofurov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (19.Ergash Ismoilov, 90+2), 27.Ixtiyor Toshpo'latov (28.Nosirjon Abdusalomov, 111), 30.Ibrohim Ibragimov (16.Jasur Xolto'raev, 90+2), 80.Farruh Ibrohimov, 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 20.Daler SHaripov, 31.Muhriddin Salohiddinov, 90.Jasur Ashurov.

Ogohlantirishlar: Martin Boake (4), Sardor Rahmonov (23), Muhammadali Aliqulov (29), Ibrohim Ibragimov (55).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! AGMK CHORAK FINALGA YO'L OLDI! 

120. To'rtinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

118. Jasur Xolto'raevning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi. 

116. Uuuux! Alisher Jalilovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ammo keyin hakamlarning malum qilishicha, ofsayd bor ekan. 

113. GOOOOOOOOOOOOOL! Jalilovning qulay uzatmasidan so'ng Mirahmadov hisobni oshirdi – 3:1!

111. "Metallurg"da almashtirish: Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga Nosirjon Abdusalomov o'yinga qo'shildi. 

106. To'rtinchi taym boshlandi! 

105. Uchinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

103. AGMKda almashtirish: Sanjar Tursunov o'rniga Anzur Ismoilov tushdi. 

95. GOOOOOOOOOL!  Vau! Akram Komilov uzoq masofadan to'p kiritib, olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1! 

94. Ismoilovning uzatmasiga Xolto'raev etib bora olmadi. 

90. Ekstra-taymning birinchi bo'limi boshlandi! 

Ikkinchi taym yakunlandi! Hisob – 1:1. Ozgina tanaffus olamiz. Keyin qo'shimcha taymlar davom etadi. 

90+2. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Xolto'raev, G'ofurbekov o'rniga Ismoilov tushdi.  

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

83. GOOOOOOOOL! AGMK hisobni tenglashtirdi! Jamoa sardori Santar Tursunov darvozani chiroyli tarzda ishg'ol qildi – 1:1! 

81. AGMKda 2 ta o'zgarish: Haqnazariy o'rniga Jalilov, Rahmonov o'rniga Spataru o'yinga qo'shildi. 

78. "Metallurg"da almashtirish: gol muallifi Abdumannonov o'rniga Nematjonov maydonga tushdi. 

75. GOOOOOOOOL! Bektemir Abdumannonov to'pni raqibdan olib qo'yib, chamasi 18 metrdan gol urib, hisobni ochdi! 

74. AGMKda o'zgarish: Qosimov o'rniga Abdullaev o'yinni davom ettiradi.  

73. Uuux! Qanday vaziyat! Haqnazariyning zarbasi o'ng ustun oldidan o'tib ketdi.

72. Mirjamol Qosimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, olmaliqliklar yarim himoyachisi "Metallurg" legioneri Palich bilan to'qnashuvdan keyin jabrlandi.

70. AGMKda almashtirish: Boake o'rniga Mirahmadov tushirildi.

67. Uuuuux! Rahmonovning yaqin masofadan chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.

65. G'ofurov maydon markazida Sanjar Tursunovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

60. AGMK tashkil qilgan hujumdan samara chiqmadi, yakunda Giorgi Papava noaniq zarba yo'lladi. 

58. "Metallurg"da o'zgarish: Farhodov o'rniga O'rinboev bahsni davom ettiradi. 

55. Gadoevga nisbatan qo'pol o'ynagan Ibrohim Ibragimov ogohlantirildi. 

51. Qosimovning aylanma zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

51. Mirjamol Qosimovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi. To'p to'g'ri darvoza tomon yo'lnatriligandi. 

48. Uuuuux! Boburbek Farhodov birga-bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, Botirali Ergashev jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

46. Ikkinchi taymga start berildi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+1. Qo'shib berilgan daqiqalarda AGMK ko'plab hujumlarni uyushtirdi. 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Bektemir Abdumannonov chap qanot orqali ancha masofani bosib o'tdi, biroq yakunda to'p maydondan chiqib ketib qoldi. 

39. Uuuux! Sanjar Tursunovning kuchli zarbasini Ortiqov qaytardi. 

32. Zarbaaa! Ibragimovning jarima zarbasi orqali yo'llagan zarbasini Ergashev qaytardi! 

29. Muhammadali Aliqulov qo'pollik ishlatgani bois ogohlantirildi. 

23. Sardor Rahmonov qo'pol o'yin namoyish qilgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

18. Toshqo'zievning ikkita zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.

14. AGMK tezkorlik bilan hujumga o'tdi. Boakening birga-bir holatda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

13. Ibragimovning ichkari tomon amalga oshirgan uzatmasini mezbonlar bartaraf etishdi. Keyin esa "Metallurg" yana hujumga o'tdi va Abdumannonov zarba yo'lladi, kuchsiz chiqqan zarbani Ergashev egalladi. 

10. Ibroihim Ibragimovning burchak zarbasidan oshirgan to'pidan keyin yana bir "korner" ishlab olindi, ikkinchi standartdan oshirilgan to'pni darvozabon Ergashev egallab oldi.

6. Abrorbek Toshqo'zievning uzatmasi ichkariga etib bormadi, to'pni Sanjar Tursunov egallab olgach, "Metallurg" azosi qo'pollik ishlatdi. 

4. Martin Boake katta tezlikda oldinga borayotib "Metallurg" sardori Anvarjon G'ofurov bilan to'qnashib ketdi. Italiyalik hujumchiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика