So’nggi yangiliklar

12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  0 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  4 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  11 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  10 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2

CHilini Konfederaciyalar kubogisiz qoldirgan futbolchi mamlakat xalqiga tasirli xat yo'lladi VIDEO Yangiliklar

CHilini Konfederaciyalar kubogisiz qoldirgan futbolchi mamlakat xalqiga tasirli xat yo'lladi VIDEO

Konfederaciyalar kubogi finalida chililik himoyachi Marselo Diasning xatosi Germaniyaga g'alaba keltirdi.

Finalda 30 yoshli Selta futbolchisi o'z jarima maydoni yonida to'pni egalladi va sirpanib ketib uni Timo Vernerga oldirib qo'ydi. Germaniya terma jamoasi hujumchisi to'pni Lars SHtindlga oshirdi va gol urildi. Yakunda ushbu gol yagona bo'lib qoldi.



Uchrashuvdan so'ng CHili ustozi Xuan Antonio Picci Diasning yonini oldi:

 – Barchamiz xafamiz, u barchadan ko'ra ko'proq xafa. SHunday o'ynashda davom etishini istaymiz. U kabi futbolchilar tufayli biz finalga qadar etib keldik. U bizning etakchimiz, hujum qilayotganda barchasini Dias boshlaydi. Bunday xatolar bo'lib turadi.

Arturo Vidal ham uni qo'llab quvvatladi.

 – Xatolar bo'lib turadi, barchasi joyida. Bu jamoa – oila.

Uchrashuvdan so'ng mikst-zonada Dias jurnalistlar bilan suhbatda ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi.



 – Maydonni yoki boshqa narsani aybdor qilmoqchi emasman. Bu faqat mening xatoim edi. Jamoam yaxshi o'ynadi, ammo mening qilgan xatoim tufayli mag'lub bo'ldik.

Dias 16 yoshligida uning akasi o'z joniga qasd qilgandi. O'yindan so'ng Dias CHili xalqiga instagrami orqali murojaat qildi. Akasining o'limi va Konfederaciyalar kubogi finalidagi xatosi doim unga og'riq berib turadigan holat bo'lib qolishini aytib o'tdi.

 – 14 yil oldin akam vafot etganida eng og'ir zarbaga uchragandim. Futbolchilik faoliyatimda xuddi shunday zarbani qabul qilib oldim. Xatoim Konfederaciyalar kubogini yutishimizga yo'l qo'ymadi.




Doim futbol o'sha o'limdagi og'riqni bermaydi deganman. Ammo noto'g'ri o'ylagan ekanman. Balki, bu xato tufayli o'sha paytdagidek yig'larman. Ammo o'rnimdan turib kurashishda davom etishim kerak. Hayot – kuchllar uchun. O'ylashimcha, ulardan biri menman.




Barcha jamoadoshlarim, murabbiylar, futbol Federaciyasi va muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat. Bu meni yanada kuchli qiladi. Xatoim uchun uzr so'rayman hamda vada beraman: ertami kechmi bu xatoni to'g'rilayman.


Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика