CHilida darvozabon chamasi 101 metr uzoqlikdan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu rekordga davogarlik qilishi mumkin
21 mar 2023 10:00
Yangiliklar
CHilida darvozabon chamasi 101 metr uzoqlikdan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu rekordga davogarlik qilishi mumkin
CHili yuqori divizioni 9-turida “Kobresal” o'z maydonida “Kolo Kolo”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Uchrashuvning etiborga molik vaziyatidan biri 77-daqiqada mezbonlar kiperi Leandro Rekenaning o'z jarima maydonidan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol etishi bo'ldi. To'p taxminan 101 metr uzoqlikdan mehmonlar darvozasiga borib tushdi. Qayd etilishicha, bu futbol tarixida eng uzoq masofadan urilgan gol bo'lishi va Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishi mumkin.
Malumot o'rnida, 2013 yil noyabrida “Stok Siti” kiperi Asmir Begovich 91,9 metr masofadan gol urib, Ginnesning rekordlar kitobidan o'rin egallagandi. Keyinchalik uning natijasini 2021 yil “Nyuport Kaunti” posboni Tom King yangiladi – 96,01 metr.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar