So’nggi yangiliklar

13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  18 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  5 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  8 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7

"CHeranning goli, bu yilgi selekciya va barqarorsizlik haqida". Ulug'bek Baqoev "Paxtakor" bilan o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

"CHeranning goli, bu yilgi selekciya va barqarorsizlik haqida". Ulug'bek Baqoev "Paxtakor" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun yaxshi jamoaga, O'zbekiston chempioniga qarshi o'ynadik. Raqib safida milliy terma jamoa azolari bor edi. SHu bois himoyaviy taktikani tanladik va tezkor qarshi hujumga o'tishga intildik. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi, barchaga o'yin uchun rahmat aytaman. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Baqoev.

- Bu yilgi barqarorsizlikka nima sabab bo'lmoqda?

- Birinchi faktor mavsumni omadsiz tarzda boshladik, mag'lubiyatlar, duranglar, ko'p ochkolar yo'qotdik. Keyin pandemiya, karantinlar, ritm buzildi. O'sha paytda kim ko'proq tayyor bo'lsa ko'p ochko to'plab oldi. O'z maydonimizda ko'p ochkoni yo'qotdik. Mavsum avvalida etakchi o'rinlarda bo'lishni istagandik. Ammo o'xshamadi. Bu futbol.

- Sizningcha CHeranning golida o'yindan tashqari holat bormidi?
- Murabbiylar zaxira o'rindig'idan turib bu vaziyatni ko'rish qiyin. TV takroriy lavhalarni ko'rib baho berish mumkin. Rostini aytaman bu vaziyatda aniq javob bera olmayman.

- Bu mavsumdagi selekciyadan ko'nglingiz to'ldimi?

- To'g'risini aytsama, selekciya 50ga50 bo'ldi. Kimgadir ishondik, bazilar jamoaga qo'shilib keta olmadi. Qaysidir yigitlar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirmoqda, bazilar esa aksincha. Lekin hech kimga etirozim yo'q.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика