So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

CHempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering Yangiliklar

CHempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

O'zPFL matbuot xizmati O'zbekiston chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovozlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini malum qiladi.
Ovoz berish jarayonida O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan sportga oid OAV vakillari (jurnalistlar) ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar ro'yxati chegaralanmagan bo'lib, ovoz beruvchilar O'zbekiston milliy chempionatlarida faoliyat yuritayotgan barcha futbolchilar va murabbiylarga, jumladan, xorij mamlakatlaridan kelib O'zPFL musobaqalarida ishtirok etayotgan futbolchilar va murabbiylarga ham ovoz berishlari mumkin.

Sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha so'rovnomada ishtirok etayotgan jurnalist sentyabr oyi uchun eng yaxshi futbolchi va murabbiyilardan jami 5 nafardan nomzodlarning ism-shariflarini O'zPFL matbuot xizmatiga (media@the-uff.com elektron pochta manziliga jo'natgan holda) taqdim etishlari kerak. Jurnalistlar o'z variantlarini 6 oktyabr soat 18:00gacha yuborishlari mumkin.

Futbolchilarning sentyabr oyidagi harakatlarini baholashda quyidagi musobaqalar hisobga olinadi: Oliy Liga; O'zbekiston Kubogi; Birinchi Liga; O'zPFL tasarrufidagi boshqa musobaqalar.

Tanlovda ishtirok etgan OAV vakilining variantlaridan kelib chiqib, futbolchi va murabbiylarga quyidagicha ballar beriladi: 1-o'rin – 5 ball; 2-o'rin – 4 ball; 3-o'rin – 3 ball; 4-o'rin – 2 ball; 5-o'rin – 1 ball.

OAVdan kelib tushgan variantlar O'zPFL matbuot xizmati tomonidan hisob-kitob qilinadi va uning yakuniy natijalari O'zPFL rasmiy sayti (www.pfl.uz)da elon qilinadi. Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi (murabbiy) O'zbekiston chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi (murabbiyi) deb topiladi.

Mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan chempionatning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Malumot uchun, ushbu tadbir tijoriy loyiha bo'lib, unga homiylik qilish istagida bo'lgan tashkilotlar hamkorlikka taklif qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика