"CHelsi"ning ikki etakchisi "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
18 may 2022 20:50
Yangiliklar
"CHelsi"ning ikki etakchisi "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"CHelsi" futbolchilari Timo Verner va Matteo Kovachich APLning so'nggi turida "Lester"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ertaga “pensionerlar” va “tulkilar” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Oldinroq "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Verner "Liverpul"ga qarshi Angliya kubogi finali oldidan tayyorgarlik mashg'ulotlarida jarohat olgani, shu sababli u hatto zaxiradan maydonga tusha olmasligini aytgandi. Matteo Kovachich "Lids"ga qarshi o'yinda jarohat oldi, ammo keyinroq xorvat futbolchisi tiklanishga ulgurdi hamda "Liverpul"ga qarshi o'yinda taxminan 60 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" chempionatda uchinchi o'rinni qo'lga kiritishi uchun APLning so'nggi ikki bahsida bir ochko olishi kifoya.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar