"Chelsi" ushbu mavsum ilk bor titul homiysi libosini kiydi
02 may 14:31
Yangiliklar


"Chelsi" ushbu mavsum ilk bor titul homiysi libosini kiydi
"Chelsi" bosh ofisi Dubayda joylashgan DAMAC Properties ko'chmas mulk kompaniyasi bilan yangi hamkorlikni elon qildi.
"Chelsi" deyarli 12 oy davomida asosiy hamkor va titul homiysi bo'lmagan holda DAMAC bilan kelishuvga erishdi. Ushbu hamkorlik mavsum oxirigacha amal qiladi va iyun-iyul oylaridagi Klublar o'rtasidagi JCHga va 2025/26 yilgi mavsumga taalluqli bo'lmaydi. Buning o'rniga "Chelsi" uzoq muddatli kelishuv variantlarini ko'rib chiqishni davom ettirmoqda. London klubi munosib kompaniya bilan shartnoma tuzishga intilmoqda.
Klubning erkaklar va ayollar jamoalari liboslarida hamkorning logotipi birinchi marta Shveciyada bo'lib o'tgan Konferenciyalar Ligasi yarim finalida "Yurgorden"ga qarshi o'yinda paydo bo'ldi. Bungacha jamoa mavsum davomida o'z libosida titul homiysiz o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar